Gipogonadizm
Qiyofa
Gipogonadizm (gipo... va gonadalar), gipogenitalizm — jinsiy gormonlar yetishmasligi oqibatida kelib chiqadigan va jinsiy aʼzolar hamda ikkilamchi jinsiy belgilarning yetarli darajada rivojlanmasligi bilan ifodalanadigan kasallik holati. Birlamchi va ikkilamchi gipogonadizm farq qilinadi. Birlamchi gipogonadizm kasallik oqibatida jinsiy bezlarning bevosita shikastlanishi (jinsiy differensiyalanishning tugʻma nuqsonlari, jarohatlanishlar, nurlanish va b.) natijasida kelib chiqadi. Ikkilamchi gipogonadizm gipotalamus-gipofiz sistemasi kasalliklari (mas, oʻsmalar) natijasida gonadotrop gormonlar yoki rilizing-omillar sekresiyasi kamayib ketishi yoki toʻxtashi oqibatida roʻy beradi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |