Kontent qismiga oʻtish

Gipoplaziya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gipoplaziya (gipo... va yun. plasis — shakllanish, xrsil boʻlish), giponeziya — embrional rivojlanish buzilgani sababli toʻqima, aʼzo, gavdaning bir qismi va butun organizmning oʻsmay qolishi, chala yetilishi. Turli aʼzolardagi G.ning ahamiyati har xil. Juft aʼzolardan biri (mas, buyrak) normal rivojlangan holda ikkinchisining oʻsmay qrlishi unchalik sezilmaydi, chunki normal rivojlangan buyrak gipertrofiyalanadi. Boshqa aʼzolar, mas, bosh miyaning oʻsmay qolishi (mikrotsefaliya) butun organizmga yomon taʼsir etib, uni koʻpincha erta halok qiladi. Tashqi va ichki muhitning turli omillari (onaning turli kasalliklari, nur energiyasi taʼsiri, shikastlanish, notoʻgʻri ovqatlanish), shuningdek, onadan bolaga oʻtadigan yuqumli kasalliklar (qizilcha, toksoplazmoz, sitomegaliya, poliomiyelit) G.ga sabab boʻlishi mumkin.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil