Kontent qismiga oʻtish

Gipotireoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gipotireoz (gipo… va lotincha (glandula) thyreoidea — qalqonsimon bez) — qalqonsimon bez faoliyatining keskin susayishi, uning yetarli ishlamasligi. Miksedemanit yengilroq shakli. Asosiy belgilari: toliqish, jismoniy va ruhiy zaiflik, uyquchanlik, xotira susayishi, yuz kepchishi, qovoqlar shishishi, teri quruqshashi, soch toʻkilishi, vazn ortishi, tushkunlikni his qilish, qabziyat, asosiy moddalar almashinuvining buzilishi va boshqalar. Bemor gormonlar bilan davolanadi.

Qalqonsimon bezning kam faolligi (gipoterioz) qalqonsimon bezining yetarli darajada gormonlar ishlab chiqarmasligidir.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil