Gips-beton buyumlar
Gips-beton buyumlar - qurilish gipsi va gips-beton asosida tayyorlanadigan qurilish buyumlari. Ulardan toʻsiq plita va panellar, pol ostiga yotqiziladigan plitalar, sanitariya-texnikasi kataklari, shamollatish (ventilyatsiya) bloklari, qoplama listlar (gipsli quruq suvoq) ishlab chiqariladi. Gips-betondan tayyorlanadigan toʻsiq panellari havo namligi 60% dan oshmaydigan xonalarda ishlatiladi. Turar joy binolari uchun ishlatiladigani tutash qilib yoki eshik oʻrni va framugalar qoldirib, 6 m uzunlik, 3 m balandlik, 80—100 mm qalinlikda ishlab chiqariladi. Panellarga ishlatiladigan gips-betonning mustahkamlik chegarasi kamida 3,5 Mn/m2 (35 kg kuch/sm2) boʻlishi lozim. Toʻsiq plitalari gips-beton yoki gipsdan 80—100 mm qalinlikda tutash va ichi boʻsh qilib ishlab chikariladi. Pol ostiga yotqiziladigan plitalar 50—60 mm qalinlikda "xona oʻlchamida" yoki xonaning bir boʻlagiga teng oʻlchamda ishlab chikariladi. Bunday plitalar gips-betondan tayyorlanib, yogʻoch reykalar bilan armaturalanadi. Sanitariya-texnikasi kataklari vertikal krliplarda qoliplanadigan yoki alohida panellardan yigʻiladigan hajmiy elementlar tarzida ishlab chikariladi. Shamollatish bloklari "qavat"ga teng balandlikda, 180 mm kalinlikda, 140 mm diametrda ochiq vertikal teshikli qilib ishlab chiqariladi. Qoplama listlar havo namligi 70% dan oshmaydigan xonalarning ichki devorlariga krplash uchun ishlatiladi. Bunday listlar orasiga gips toʻldirilgan kartondan iborat. Qoliplash konveyerlarida 2500—3300 mm uzunlikda ishlab chikariladi. Bulardan tashqari devor toshlari, qavatlararo yopmalar, chordoq yopmalari detallari, karnizlar, tovushni yutuvchi material va yongʻindan muhofazalovchi buyumlar yasaladi. G.-b. b. ishlatilganda yogʻoch materiallar tejaladi. Namdan asrash uchun G.-b. b.ning sirti suv oʻtkazmaydigan boʻyoqlar yoki pastalar bilan qoplanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |