Kontent qismiga oʻtish

Glandulyar xeylit

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Glandulyar xeylit

Lab cheka qismida joylashgan soʻlak bezlarining giperplaziyasi kasalligi
Teri yiringsiz kasalligi
KXK-10 K13.0
KXK-9 528.5
DiseasesDB [1]
MedlinePlus 002036

Glandulyar xeylit — lab qizil hoshiyasi, uning cheka qismida joylashgan soʻlak bezlarining giperplaziyasi, giperfunksiyasi, ayrim hollarda esa geterotopiyasi tufayli vujudga keladi. Glandulyar xeylitning ikki xil shakli mavjud;

  1. Birlamchi glandulyar xeylitlar;
  2. Ikkilamchi glandulyar xeylitlar farqlanadi.

Birlamchi glandulyar xeylit koʻproq uchrab, taxminan 3-6 % hollarda kuzatiladi. Koʻpincha 40 dan oshgan kishilarda uchraydi. Erkaklarda ayollarga nisbatan 2 marta koʻp kuzatiladi[1].

1. Birlamchi glandulyar xeylit tipik koʻrinishga ega. Shilliq pardaning lab qizil hoshiyasiga oʻsish qismida, ayrim hollarda esa qizil hoshiya yuzasida qizil nuqtaga oʻxshash, soʻlak bezlarining kengaygan uchi koʻrinadi, ulardan soʻlak tomchilari ajralib turadi. Agar teri artib quritilsa, 20-30 soniyadan soʻng soʻlak bezlari chiqaruv naychalari uchidan soʻlak tomchilari ajrala boshlaydi, soʻlak tomchilari, shudringga oʻxshab lab yuzasida joylashadi. Kam hollarda soʻlak bezlarining kengaygan uchlari mayda toʻgʻnogʻich uchidek kattalikda boʻlib, bez toʻqimalarining gipertrofiyasi tufayli hosil boʻladi. Ayrim hollarda esa soʻlak bezlari chiqaruv naychalari atrofida leykoplakiya oʻchoqlari hosil boʻladi. Baʼzan lab shilliq pardasi qizil hoshiyasi chegarali muguzlanadi. Glandulyar xeylit bilan ogʻrigan bemorlar labi doimiy namlanib, shu sabab yoriqlar, eroziyalar, kam hollarda esa turli xil rak oldi kasalliklari vujudga kelishi mumkin.

2. Ikkilamchi glandulyar xeylit turli xil surunkali yalligʻlanish bilan kechuvchi kasalliklar natijasida vujudga keladi: qizil yassi temiratki, qizil yugirik va boshqalar. Taxmin qilinishicha, jarayon bez toʻqimasini taʼsirlab, bezni giperplaziya va gipertrofiyaga uchratadi. Bunday hollarda asosiy kasal­likning klinik koʻrinishi bilan birga, labda soʻlak bezlarining kengaygan chiqaruvchi teshiklari kuzatilib, ulardan soʻlak tomchilari ajralib turadi. Glandulyar xeylit tashxisi qiyinchilik tugʻdirmaydi[2].

Xushfeʼlli, ammo rak kasalligiga oʻtishi mumkin[3].

Fotosurat bilan taqqoslash: 1) chanker yarasi - og'iz ichidagi yara, 2) gerpes labialis, 3) burchakli cheilit va 4) yorilgan lablar[4].
Dudoq yalash odatiga ega bo'lgan yosh erkaklarda perioral dermatit deb nomlanuvchi lablar dermatiti. Keyinchalik bu glandulyar xeylitga olib kelishi mumkin.
Perioral teriga cho'zilgan eritema.
Burchakli cheilit - og'iz burchagining yallig'lanishi.
Yamoq sinovi

Tolali elektrod yordamida soʻlak bezi diatermokoagulyatsiya qilinadi. Agarda faqatgina chiqaruvchi nayning yuqori qismigina koagulyatsiya qilinib, bez koagulyatsiyaga uchramasa, retentsion kista hosil boʻladi. Glandulyar xeylitda koʻpchilik bezlar patologik oʻzgargan boʻlsa, u holda ular jarrohlik yoʻli bilan kesib tashlanadi. Kleyn qismidan kesib, gipertrofiyaga uchragan soʻlak bezlari olib (yulib) tashlanadi. Agarda ikkilamchi xeylit boʻlsa, asosiy kasallik davolanadi[5].

  1. ADHAM VAISOV. TERI VA TANOSIL KASALLIKLARI, 2009, Toshkent: «Yangi asr avlodi» — 135-136-bet. ISBN 978-9943-08-299-1. 
  2. Arifov, S.S.. Teri va tanosil kasalliklari, 2009, Toshkent: «Yangi asr avlodi», — 135-bet. ISBN 978-9943-08-299-1. 
  3. Khadir, K; Hali, F; Tirhazouine, I; Zamiati, S; Laraqui, A; Lakhdar, H; Benchikhi, H (January 2013). „[Granulomatous macrocheilitis: 19 cases]“. Annales de Dermatologie et de Vénéréologie. 140 (1): 56-8. doi:10.1016/j.annder.2012.10.597. PMID 23328362.
  4. Dorfman, J. "The Center for Special Dentistry". Archived from the original on 2015-08-01
  5. Leão, JC; Hodgson, T; Scully, C; Porter, S (Nov 15, 2004). „Review article: orofacial granulomatosis“. Alimentary Pharmacology & Therapeutics. 20 (10): 1019-27. doi:10.1111/j.1365-2036.2004.02205.x. PMID 15569103. S2CID 33359041.