Kontent qismiga oʻtish

Glashtin

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Irland xalq hikoyalarida tasvirlangan glishtan

Glashtin (Ingliz tilida: glashtin, glashtan yoki glashan) Manx folklorining afsonaviy mavjudotidir.

Glashtin suv muhitida paydo boʻluvchi, orol xalqlari bilan muloqot qiladigan goblin deb aytiladi. Boshqa bir manbaga koʻra, glashtin suv hoʻkizi (Manxda tarroo-ushtey), yarim ot va yarim hoʻkiz boʻlgan.

Ayrim ertak va hikoyalarga koʻra, glashtin oʻzini ayollarga koʻrkam yigit sifatida tanishtiradi. Ammo uzun quloqlar, uning ot ekanligini bildirib qoʻyadi va ayollar qochib ketishadi.