Kontent qismiga oʻtish

Glaukonit

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Glaukonit (yun. glaukos — koʻkimtir-yashil) — mineral. Gidroslyuda guruhiga mansub temirning suvli alyumosilikata. Kimyoviy formulasi doimiy emas, murakkab. G.ni asosiy tarkibiy qismlari kremniy oksidi (49-56%), temir oksidi va chala oksidi (21% gacha), alyuminiy oksidi, kaliy oksidi (10% gacha), magniy oksidi (7% gacha) va suv (13% gacha) dan iborat. Monoklin singoniyali. Rangi toʻq yashildan qoramtir yashilgacha. Moʻrt. Qattiqligi 2—3. Zichligi 2200—2800 kg/m3. Dengiz yotqiziqlaridan hosil boʻlgan jinslarda hamda Qoʻm va qumtoshlarda mayda yumaloq, notoʻgʻri kristallar shaklida uchraydi. Dengiz tubida gel holida choʻkib hosil boʻladi. Mezokaynozoy choʻkindi jinslarida koʻp tarqalgan. Oʻzbekistonda Fargʻona vodiysida, Gʻarbiy Kozogʻiston, RF (Volgaboʻyi), Ukraina, Tojikiston jan.dagi boʻr davri qumtoshlaridan koʻplab topilgan. Oziq-ovqat sanoatida oqartiruvchi modda. Q. x.da oʻgʻit sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari yashil boʻyoq tayyorlashda qoʻllanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil