Kontent qismiga oʻtish

Gloucestershire

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gloucestershire (/ˈɡlɒstərʃər/ /ˈɡlɒstərʃər/ /-ʃɪər/ /-ʃɪər/ qisqartirilgan Glos)(talaffuzi: Glostershir)[1] — Angliyaning janubi-gʻarbiy qismidagi okrug. Okrug Cotswold tepaliklarining bir qismini, Severn daryosining tekis unumdor vodiysining bir qismini va butun Dean oʻrmonini oʻz ichiga oladi.

Asosiy shahar Gloucester shahri va Cheltenham, Stroud, Tewkesbury, Cirencester, Dursley, Cinderford va Lidneyni oʻz ichiga oladi.

Gloucestershire shimoli-gʻarbda Herefordshire, shimolda Worcestershire, shimoli-sharqda Warwickshire, sharqda Oxfordshire, janubda Wiltshire, janubi-gʻarbda Bristol va Somerset, gʻarbda Monmutshir Uels okrugi bilan chegaradosh.

Hozirgi Gloucestershire Kengashi hududi tarixiy okrug bilan bir xil geografik chegaralarga ega emas. Okrugning baʼzi shimoliy qismlari, jumladan Long Marston va Welford-on-Avon 1931-yilda Workshirega koʻchirilgan. 1972-yildagi "Mahalliy boshqaruv toʻgʻrisida"gi qonundan soʻng okrugning baʼzi janubiy qismlari maʼmuriy maqsadlar uchun yangi Avon okrugiga koʻchirildi, u 1996-yil 1-aprelda oʻz faoliyatini toʻxtatdi.

Gloucestershire 10-asrda Anglo-Sakson yilnomasida eslatib oʻtilgan tarixiy okrug boʻlib, Winchcombe va Dean oʻrmoni 11-asr oxirigacha hudud tarkibiga qoʻshilmagan[2]. Gloucestershire dastlab Bristolni, keyin esa kichik shaharchani oʻz ichiga olgan. Mahalliy qishloq jamoasi port shahriga koʻchib oʻtadi (Bristol hududi boʻlishi kerak edi) va sanoat inqilobi davrida Bristol aholisining oʻsishi tezlashadi. Bristol 1373-yilda Gloucestershire va Somersetdan ajralib chiqib, alohida okrugga aylanadi[3]. Keyinchalik 1974-yildan 1996-yilgacha Avon maʼmuriy okrugi tarkibiga kiririladi[4][5].

1996-yilda Avon tugatilgandan soʻng, Bristol shimolidagi mintaqa Janubiy Glostershirening unitar hududiga aylanadi va hozirda Gloucestershire okrugining bir qismi hisoblanadi[6].

Sudeley qal’asining havodan surati

2007-yil iyul oyida Gloucestershireda Britaniya tarixidagi eng kuchli suv toshqini boʻlib, oʻn minglab aholi jabr koʻrgan. RAF (Qirollik havo kuchlari) 120 dan ortiq aholini suv toshqinidan zarar koʻrgan hududlardan qutqarish uchun oʻz tarixidagi eng yirik tinchlik davridagi ichki operatsiyani oʻtkazgan. Zarar 2 milliard funt sterlingdan ortiqroqqa baholangan[7].

Gloucestershire uchta asosiy landshaft hududiga ega, Cotswoldsning katta qismi, Dean Qirollik oʻrmoni va Severn Vale asosiy geografik hududlaridir. Cotswolds okrugning sharqiy va janubidagi katta qismini egallasa, gʻarbdaggi hududlarning asosiy qismi Dean oʻrmonidan, Severn va uning vodiysi orasidan oʻtadi. Leadon vodiysidagi Daffodil yoʻli, Gloucestershire va Herefordshire chegarasida, Dymock qishlogʻi artorida joylashgan. Oʻzining koʻplab bahor gullari, bogʻlari va oʻrmonzorlari bilan mashhur boʻlganligi sababli, koʻplab sayyohlarni oʻziga jalb qiladi. Gʻarbda Wye vodiysi orqali Uels bilan chegaralanadi.

Gloster sobori
  1. „Abbreviations“ (en). Oxford English Dictionary. 2020-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-iyun.
  2. „Forest of Dean: Introduction Pages 285-294 A History of the County of Gloucester: Volume 5, Bledisloe Hundred, St. Briavels Hundred, the Forest of Dean.“. Victoria County History. 2020-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-may.
  3. Liddy, Christian Drummond. War, Politics and Finance in Late Medieval English Towns: Bristol, York and the Crown, 1350–1400. Boydell & Brewer, 2005. ISBN 978-0-86193-274-0. Qaraldi: 2021-yil 3-may. 
  4. „Local Government Bill (Hansard, 16 November 1971)“. hansard.millbanksystems.com. 2011-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 7-mart.
  5. „The Avon (Structural Change) Order 1995“. opsi.gov.uk. 2012-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-yanvar.
  6. Robbins, Bill (1997). „South Gloucestershire: The Transition to Unitary Authority Status“. Journal of Integrated Care. 5-jild, № 1. 18–23-bet. doi:10.1108/14769018199700004.
  7. „Flood crisis grows as rivers rise“. BBC News (2007-yil 23-iyul). 2017-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-fevral.