Goʻmma
Qiyofa
Goʻmma — somsaning Xorazmda tayyorlanadigan bir turi. Suvga xamirturush, shakar, tuz, un qoʻshib xamir qoriladi. Soʻngra eritilgan margarin xamirga singib ketguncha ishlanib, oshirishga qoʻyiladi. Xamir 3—4 soat oshgach, yana mushtlanib qayta oshiriladi. Soʻngra oʻsimlik yogʻi surtilgan stolda arqonsimon qilib yoyiladi. 25 g dan boʻlaklarga boʻlib, yumaloqlanadi. 4—5 mm qalinlikda yoyiladi, oʻrtasiga qiyma solib ikkiga buqiladi, yarim oy shaqlida tugilib, 30 daqiqa tindirilgandan soʻng qizdirilgan yogʻda pishiriladi. G. kartoshka, oshqovoq, koʻk solib tayyorlanishi ham mumkin.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |