Goʻngxoʻr qoʻngʻizlar
Qiyofa
Goʻngxoʻr qoʻngʻizlar - hayoti goʻng bilan bogʻliq boʻlgan qoʻngʻizlarning ekologik guruqi; Aphodinae, Geotrupinae, Scarabaeinae, Coprinae va b. kenja oilalarga mansub bir qancha turlarni oʻz ichiga oladi. Koʻpchilik turlarining qurtlari goʻng bilan oziqlanadi, ayrim turlari, mas, oʻrmon G. q. (Ceotrupes stercorosus)ning lichinkasi chiriyotgan oʻrmon toʻshalmasida oziqlanadi. Aphodius avlodi vakillari oʻsimliklarning yosh ildizlarini zararlaydi, kravchiklar oʻz inida qurtlari uchun oʻsimlik maysalarini yigʻadi. Koʻpchilik G.q. nasli haqida gʻamxoʻrlik qiladi. G.q — organik moddalarni faol parchalovchilar. Koʻpchilik turlari gelmintlarning oraliq xoʻjayini hisoblanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |