Kontent qismiga oʻtish

Goʻroʻgʻlixon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Goʻroʻgʻlixon — "Goʻroʻgʻli" turkumidagi dostonlarni jamoat oʻrtasida qiroat bilan oʻquvchi, yoddan aytuvchi kishi. G.lar xalq baxshi-shoirlari kabi asarga ijodiy yondashmaganlar — versiya, variant yaratmay, kitobda yozilganini yod olib, xonandalar singari kuylaganlar. Bu jihatdan ular qissaxonlarga yaqin turadi. 19-asrning 2-yarmi va 20-asrning boshlarida Sulton shoir (Samarqand viloyati), Nishon ota (Toshkent viloyati) kabi mashqur G.lar boʻlgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil