Goʻsht qiymalagich
Qiyofa
Goʻsht qiymalagich - goʻsht maydalaydigan asbob yoki mashina. G. tana (korpus), shnek (vintsimon oʻq), pichoq, toʻr, gayka va dastadan iborat. Roʻzgʻorda (qoʻl bilan ishlatiladigan G.), goʻsht mahsulotlari tayyorlaydigan korxonalarda, savdo korxonalari va jamoat oshxonalarida (elektr G.) ishlatiladi. Goʻsht boʻlaklari mashinaga solib turiladi, shnek hosil qiladigan bosim goʻshtni pichoq va teshikli toʻr orqali oʻtishga majbur qiladi. G.ga teshiklari turli oʻlchamdagi toʻr qilib, istalgan maydayiriklikdagi qiyma chiqarish mumkin.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |