Kontent qismiga oʻtish

Goaldi masjidi

Koordinatalari: 23°23′32″N 90°21′13″E / 23.3922°N 90.3536°E / 23.3922; 90.3536
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Goaldi masjidi
Masjidning tashqi koʻrinishi
Mamlakat  Bangladesh
Shahar Dakka
Koordinatalar 23°23′32″N 90°21′13″E / 23.3922°N 90.3536°E / 23.3922; 90.3536
Asoschi Mulla Hizabar Akbarxon
Asosiy sana:
1519-yil

Goaldi masjidi Bengaliyaning tarixiy poytaxti Sonargaon shahridagi masjiddir. U Sulton Alauddin Husaynshoh hukmronlik yillari Bengal sultonligi davrida qurilgan[1]. Bu Bangladeshning Sonargaon Upazila shahrida omon qolgan kam sonli oʻrta asr yodgorliklaridan biridir[2].

Masjid 1519-yilda tashkil etilgan. U Mulla Hizabar Akbarxon tomonidan Bengaliya sultoni Alauddin Husaynshoh hukmronligi davrida Sonargaondagi Panam qishlogʻidan yarim mil shimoli-sharqda joylashgan Goaldi degan joyda bunyod etilgan. Sonargaon Bengal sultonligining asosiy shaharchasi boʻlib, koʻpincha qirollik poytaxti sifatida xizmat qilgan. Sultonlar koʻpincha Sonargaondan Assam, Tripura va Arakan hududlariga reydlar uyushtirganlar[3]. Shahar sharqiy Bengaliyaning, xususan Bhati viloyatining asosiy maʼmuriy markazi boʻlgan. Hudud Bangladeshning hozirgi Narayanganj tumaniga toʻgʻri keladi. Mazkur inshoot mamlakatdagi saltanat hukmronlik yillarida qurilgan nafis va bezakli masjidlardan biri hisoblaniladi.

Arxitektura xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Goaldi masjidi ichidagi mehroblar

Goaldi masjidi Bengaliyaning „yopiq kvadrat tipidagi“ masjidlarining eng yaxshi namunasidir, u burchak minoralari va qibla devoridan tashqari har tomondan kirish eshiklari boʻlgan kub shaklidagi namozxonasining borligi bilan ajralib turadi. Yagona gumbaz masjid tomini toʻliq qoplaydi, oʻzaro bogʻlangan qovurgʻali minoralar toʻrtta burchakda joylashtirilgan va biroz egik holda bunyod etilgan. Bu Dakka tumanidagi dumaloq burchak minoralarining yagona namunasidir.

Sharqiy qismda uchta arkali teshiklar mavjud boʻlib, ular ikki tomoni nozik relyefli toʻrtburchak panellar bilan bezatilgan. Shimoliy va janubiy qismlar xuddi shunday tarzda uchta arkadan tarkib topgan, ammo faqat markaziy arka ochiq, ikkita yon arka yopiq tarzda shakllantirilgan.

Namozxona oʻlchami 7,57 metrlik kub shaklida, devorlari esa 2 m qalinlikka ega. Qibla devorida uchta mehrob bor. Markaziy mehrob uchun qora bazaltdan foydalanish XVI asrda keng tarqalgan edi. U bezakli osilgan chiroq bezaklaridan tuzilgan chiroyli, murakkab naqshlar bilan bezatilgan. Ikki yonma-yon qurilgan mehrob xuddi shunday tarzda bezatilgan, ammo qora bazalt oʻrniga ular gʻishtdan va nozik terrakotadan tayyorlangan. Lotus naqshlari shpallarda oʻyilgan, bu belgi hind xudosi Surya tutgan lotuslar bilan chambarchas bogʻliq.

Hozirgi holati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjidning ahvoli hozirgi kunda yomonlashgan, qibla devoridan tashqari butun masjid va gumbaz ham qulab tushgan edi. Arxeologiya va muzeylar departamenti tomonidan ehtiyotkorlik bilan restavratsiya qilingan, hamda bu kichik nafis masjid oʻzining asl dizayniga oʻxshatib qayta tiklangan.

  1. „Goaldi Mosque in Sonargaon“ (2019-yil 22-dekabr).
  2. Ahmed, Nazimuddin „Goaldi Mosque“, . Banglapedia: National Encyclopedia of Bangladesh, Second Islam: , Asiatic Society of Bangladesh, 2012. 
  3. „Goaldi Mosque in Sonargaon“ (2019-yil 22-dekabr).
  • Ahmad, Nozimiddin. 1984-yil. Bangladesh yodgorliklari bilan tanishing. Dakka: University Press Limited, 155, 156.
  • Asher, Ketrin B. 1984-yil. Asosiy yodgorliklarni inventarizatsiya qilish. Sanʼat va arxeologiya ilmiy maqolalari: Bengalning islom merosi. Parij: YuNESKO, 133.
  • Hasan, Sayid Mahmudul. 1984 yil. Masjidlarning yer rejasiga koʻra tasnifi. Sanʼat va arxeologiya ilmiy maqolalari: Bengalning islom merosi. Parij: YuNESKO, 141, 144.
  • Hasan, Pervin. 1984 yil. Dakka tumanidagi sakkizta Sultonlik masjidi. Sanʼat va arxeologiya ilmiy maqolalari: Bengalning islom merosi. Parij: YuNESKO, 186.
  • Munshi Rahmon Ali Tayesh doktor AMM Sharfuddin tarjimasi bilan. Tavarixi Dakka.