Goarik Amiryan
Goarik Amiryan Ambartsumovna | |
---|---|
Tavalludi |
1919-yil |
Vafoti |
1987 Togʻli Qorabogʻ avtonom viloyati |
Fuqaroligi | SSSR |
Unvoni | |
Mukofotlari |
Goarik Amiryan Ambartsumovna (ozarbayjoncha: Qoarik Hambarsumovna Əmiryan, armancha: Գոհարիկ Համբարձումի Ամիրյան; 1919-yil Qoʻqonda tavallud topgan — 1987-yil Togʻli Qorabogʻ avtonom viloyati Martuni tumanidagi Gish qishlog‘ida vafot etgan) — sovet vinochisi, SSSR Oziq-ovqat sanoati vazirligining Martuni uzumchilik sovxozida brigada rahbari (1926-yildan), Ozarbayjon SSR Oliy Kengashining V chaqiriq deputati, Ozarbayjon Kommunistik partiyasi Martuni tuman qoʻmitasi va Togʻli Qorabogʻ viloyat qoʻmitasi aʼzosi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1950)[1].
Hayoti va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1919-yilda RSFSR Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida tugʻilgan[2]. 1926-yilda oila Ozarbayjon SSRning Kirovobod shahriga ko‘chib o‘tadi. 1926-yildan SSSR Oziq-ovqat sanoati vazirligining Martuni uzumchilik sovxozida ishchi, brigada rahbari bo‘lgan. 1944-yilda u gektariga 250 sentnerdan uzum oldi. 1949-yilda 3,7 gektar sugʻoriladigan uzumzorlardan gektariga 199,9 sentnerdan uzum oldi. 1956-yilda Amiryan rahbarlik qilayotgan zveno har gektardan 177 sentnerdan uzum oldi. Amiryan boshchiligida savxoz 1957-yilda har gektardan 290 sentnerdan uzum oldi. U uzumning iqlim sharoitiga qarab navli agrotexnikaning yangi usullarini qoʻllagan. 1953—1958-yillarda Butunittifoq qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasida qatnashgan[1].
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1950-yil 4- sentyabrdagi farmoni bilan 1949-yilda sugʻoriladigan uzumzorlarda uzumdan yuqori hosil olgani uchun Goarik Ambartsumovna Amiryan Lenin ordeni va Sotsialistik Mehnat Qahramoni[3] unvoni bilan hamda Oʻroq va bolgʻa oltin medali taqdirlangan[1].
Ozarbayjonning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etgan. Ozarbayjon SSR Oliy Kengashining V chaqiriq deputati. Ozarbayjon Kommunistik partiyasi Martuni tuman qoʻmitasi va Togʻli Qorabogʻ viloyat qoʻmitasi aʼzosi[2].
1987-yilda Ozarbayjon SSR NKARning Martuni tumanidagi Gish qishlog‘ida vafot etgan[2].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sarkisyan S. T. Ensiklopediya Arsax-Karabaxa. Spb., 2005. — 312 s.: il.
- Ukaz Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR „O prisvoenii zvaniya Geroya Sotsialisticheskogo Truda rabotnikam vinogradarskix sovxozov Ministerstva piщevoy promishlennosti SSSR po Azerbaydjanskoy SSR“ ot 4 sentyabrya 1950 g. // Vedomosti Verxovnogo Soveta SSSR. — 13.09.1950. — № 27 (642). — S. 1.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Goarik Amiryan Ambartsumovna biografiyasi“.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Albom plakatov-biografiy Deputatov Verxovnogo Soveta Azerbaydjanskoy SSR pyatogo soziva. 15 marta 1959 goda. — Baki: Azerneshr, 1959. — S. 512. (azerb.)
- ↑ „Герой Социалистического Труда.“. 2023-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-iyun.