Gobriy
Qiyofa
Gobriy (forscha: Gaubaruva) – fors zodagoni, Mardoniynint oʻgʻli millodan avvalgi 522-yil sentabrda 6 ta fors zodagoni bilan birgalikda kohin Gaumatani oʻldirishda qatnashgan. Millodan avvalgi 520-yil forslar hukmronligiga qarshi bosh koʻtargan elamiylar qoʻzgʻolonini bostirishga rahbarlik qilgan. Millodan avvalgi taxminan 514-yil skiflarga qarshi Shimoliy Qora dengiz sohillariga qilingan yurishda Doroga hamroh boʻlgan. Doro davrida Gobriy podsho nayzabardorlari boshligʻi edi. Uning urugʻ-avlodlari Gaumatani oʻldirishda qatnashgan boshqa fors zodagonlarining urugʻ-avlodlari qatori Axomanishshr davlatining soʻnggi kunlarigacha katta imtiyozlarga ega boʻlishgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |