Goethe va Schiller haykali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Goethe va Schiller haykali (nemischa: Goethe-Schiller-Denkmal) — uzoq vaqt Veymarda yashagan yozuvchilar Johann Wolfgang von Goethe va Friedrich Schiller’ning bronza qoʻsh haykali. Yodgorlik 1857-yil 1-sentabrda Nemis milliy teatri oldida Karl Avgust Saksen-Veymar-Eyzenaxning yuz yilligi sharafiga ochilgan. Shunisi eʼtiborga loyiqki, har ikki shoirning haykallari bir xil balandlikda quyilgan, garchi Schiller Goetheʼdan 21 sm balandroq edi.

Yodgorlik loyihasi Drezdenlik haykaltarosh Ernst Rietschel va uning yordamchisi Gustav Adolf Kitsga tegishli. Haykalni bronzadan quyish bilan myunxenlik quyuvchi Ferdinand fon Miller shugʻullangan. Yodgorlikning orqa tomonida quyidagi soʻzlar oʻyib yozilgan: Ernst Rietschel inv. et fec. Dresden 1856, Ferd. v. Miller fudit München 1857.

Yodgorlikning nusxalari Anting, San-Fransisko, Miluoki, Klivlend va Sirakuza[1] shaharlarida joylashgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Маркина Л. Г. GOETHE-SCHILLER-DENKMAL ПАМЯТНИК ГЁТЕ И ШИЛЛЕРУ // Культура Германии: лингвострановедческий словарь / под общей редакцией проф. Н. В. Муравлёвой. — М.: АСТ, 2006. — С. 356. — 1181 с. — 3000 экз. — ISBN 5-17-038383-5.
  • Куликов Г. И., Мартиневский В. И. Goethe-Schiller-Denkmal памятник Гёте и Шиллеру // Страноведческие реалии немецкого языка. — Мн.: Вышэйшая школа, 1986. — С. 76. — 260 с. — 3600 экз.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Hans A. Pohlsander. National Monuments and Nationalism in 19th Century Germany. — Peter Lang, 2008. — P. 119. — ISBN 9783039113521.