Kontent qismiga oʻtish

Gomeldagi Komsomolchilar yodgorligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gomeldagi Komsomolchilar yodgorligi — Belarusiyaning Gomel viloyati Gomel shahridagi yodgorlik.

Tarixi va tavsifi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Komsomolchilari[1] yodgorligi bir necha nomga ega: halok boʻlgan komsomolchilar yodgorligi[2], yer osti komsomol aʼzolari yodgorligi[3], komsomol qahramonlari monumenti (yodgorligi)[4][5].

Komsomolchilarga yodgorlik Karpovich va Jarkovskiy koʻchalari chorrahasidagi[1] xiyobonda 1964-yilda komsomolchilar mablagʻi hisobidan oʻrnatilgan. Yodgorlik Ulugʻ Vatan urushi yillarida nemis bosqinchilariga qarshi kurashda halok boʻlgan komsomol qahramonlari, partizanlar va askarlarga bagʻishlangan. Dastlab, qizil granitdan yasalgan toʻgʻri burchakli pogʻonali poydevorga kulrang granitdan yasalgan sakkiz qirrali, 25 metrli obelisk oʻrnatildi. Yodgorlik atrofi bezakli maysazorlar bilan bezatilgan. Yodgorlik (poydevorda) ustida zarhal naqshlar bilan boʻrtma yozuv bitilgan: „Sening buyuk ishlaring oʻlmas. 1941-1945-yillarda Vatanimiz ozodligi va mustaqilligi uchun janglarda qurbon boʻlgan qahramonlarga“[4]. Loyiha mualliflari: arxitektor — Yu. Lisov, haykaltarosh V. Letun[4].

1975-yilda yodgorlikning old tomoniga qoʻlidagi vimpelni[4] boshi uzra yoyib turgan komsomol qizning[1] haykali oʻrnatildi. Ikki metrli haykal bronzadan ishlangan.

Gomel viloyat kasaba uyushmalari uyushmasi raisi Leonid Vasilyevich Barabanov — 2015-yilda jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan brifingda shunday dedi:

Viloyat va shahar ijroiya qoʻmitalari bilan birgalikda 11-sonli umumtaʼlim maktabdagi obeliskni qayta tiklashga qaror qilindi. Ushbu yodgorlik komsomol harakatining Ulugʻ Vatan urushidagi ishtiroki, yoshlar qarshiligining ahamiyati ramzidir. Yodgorlik restavratsiya va rekonstruksiyaga muhtoj. Barcha ishlar 9-mayga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan[3].

2015-yil mart oyida yodgorlik va uning atrofidagi hududlar rekonstruksiya qilindi. Yodgorlikda zamonaviy yoritgich paydo boʻldi[4]. Yangilangan komsomolchilar yodgorligi 2015-yil 8-mayda[4] Buyuk Gʻalabaning 70-yilligiga[3] ochildi.

  1. 1,0 1,1 1,2 Gomel: Ensikl. sprav./Belorus. Sov. Ensikl.; Redkol.: I. P. Shamyakin (gl. red.) i dr. — Mn.: BelSE, 1991. — 527 s., 12 l. il.
  2. „Сайт «Помните нас!». Информация о памятнике“. 2016-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-aprel.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Газета «Гомельские ведомости». В Гомеле будет отреставрирован памятник комсомольцам-подпольщикам“. 2019-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-aprel.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 „Гомельская областная универсальная библиотека имени В. И. Ленина. Монумент героям-комсомольцам“. 2019-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-aprel.
  5. „Всё о Второй мировой. Памятники и мемориалы“. 2019-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-aprel.
  • Гомель: Энцикл. справ./Белорус. Сов. Энцикл.; Редкол.: И. П. Шамякин (гл. ред.) и др. — Мн.: БелСЭ, 1991. — 527 с., 12 л. ил.