Kontent qismiga oʻtish

Gomologik qatorlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gomologik qatorlar - kimyoviy xossalari va tuzilishi jihatidan bir-biriga yaqin boʻlib, molekulasining uglevodorodli radikallarida bitta yoki bir nechta metilen guruxi (SN2) borligi bilan bir-biridan farq qiladigan turdosh organik birikmalar. Mas, metan SN4, etan S2N6, propan C3Hg, pentan S5N12 kabi toʻyingan uglevodorodlar (umumiy formulasi SpN2p+2), etilen S2N4, propilen S3N6 kabi toʻyinmagan uglevodorodlar (umumiy formulasi SpN2l), metil spirt SN3ON, etil spirt S2N5ON kabi bir atomli toʻyingan spirtlar (umumiy formulasi SpN2p+|ON) ning gomologik qatorlari maʼlum. G.q.ning ayrim qismlari fizik xossalari jihatdan bir-biridan farq qilishi mumkin. Mas, toʻyingan yogʻ kislotasi va spirtlar qatorida zanjirning bitta SN2 guruhga uzayishi gomologlar qatorining sirt faolligini 3 — 3,5 marta oshiradi yoki G.q.ning oʻrtasida joylashgan va radikali tarmoqlanmagan zanjirdan tuzilgan birikmalarning qaynash temperaturasi qoʻshni gomologlardan 20—30° farq qiladi. G. q.ning yuqori molekulali vakillarida bunday farq, sekin-asta kamayib boradi. Baʼzi uglevodorod molekulalari radikaliga gomologik farq, kiritilishi bilan turlicha struktura oʻzgarishlari sodir boʻladi. Bunda gomologik farq, yaʼni SN2 guruxi molekulaning qaysi joyiga kiritilgani ham katta ahamiyatga ega.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil