Kontent qismiga oʻtish

Gomologiya (matematika)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Gomologiya — 1) proyektov tekislikni oʻzini-oʻziga bir qiymatli almashtirish. Gomologiyada nuktalarning bir toʻgʻri chiziqda yotish va biror toʻgʻri chiziq (Gomologiya oʻqi)dagi barcha nuqtalarning qoʻzgʻalmasligi xossasi saqlanadi. Ayniy almashtirishdan iborat boʻlmagan gomologiyada mos nuqtalar (mas, A’ va A, V’ va V)ni tutashtiruvchi barcha toʻgʻri chiziklar bir nuqtada, yaʼni gomologiya markazida, mos toʻgʻri chiziklar (AV va A’V’) esa gomologiya oʻqida kesishadi; 2) topologiyada — oddiy hol uchun biror sirtdagi egri chiziqning shu sirtdagi biror qismni cheklash xossasi. Mas, tor sirtidagi egri chiziq shu sirtning S qismini cheklaydi (chegaralaydi). Egri chiziq nolga gomologik emas, chunki sirtning hech qanday qismini cheklamaydi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil