Gonçalo Abreu
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Gonçalo Nuno da Silva Abreu[1] | ||
Tavallud sanasi | 25-iyun 1986-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Funshal, Portugaliya[1] | ||
Boʻyi | 1.90m[1] | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1995–1998 | Juventude Atlântico | ||
1998–2001 | Marítimo | ||
2001–2002 | CD Barreirense | ||
2002–2005 | Marítimo | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005–2013 | Marítimo B | 119 | ((20)) |
2005–2012 | Marítimo | 9 | ((0)) |
2009–2010 | → Varzim | 20 | ((5)) |
2010–2011 | → Feirense | 23 | ((4)) |
2012 | → Atlético | 7 | ((0)) |
2013–2014 | Ermis | 0 | ((0)) |
2014 | Camacha | 12 | ((1)) |
2014–2015 | Feirense | 37 | ((5)) |
2015–2017 | Penafiel | 74 | ((13)) |
2017–2018 | União Madeira | 15 | ((2)) |
2018 | Gil Vicente | 4 | ((0)) |
2018–2019 | Mafra | 8 | ((0)) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Gonçalo Nuno da Silva Abreu (1986-yil 25-iyunda tugʻilgan) – portugaliyalik sobiq professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan.
Maritimo klubida oʻnagan, klub safida Primeira Liga oʻyinlarida toʻqqiz marta maydonga tushgan boʻlsa-da, Abreu oʻz faoliyatining asosiy qismini LigaProda oʻtkazdi. Sakkizta klub safida jami 206 ta oʻyinda maydonga tushdi va 31 ta gol urdi.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Madeyra orolidagi Funshal shahrida tugʻilgan Abreu oʻz shahridagi C. S. Maritimo klubi yoshlar akademiyasi tarbiyalanuvchisi boʻlgan. Abreu asosan klubning uchinchi diviziondagi zaxira jamoasida oʻynagan, shu bilan birga Primeira Ligadagi asosiy jamoada ham bir necha bor maydonga tushgan. Abreu UEFA Yevropa Ligasi guruh bosqichida bir marta gol urgan: 2012-yil 6-dekabrda Bryugge klubiga qarshi oʻz maydonida 2:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda dastlabki golni urgan[2].
Abreu 2009-yil iyunda ikkinchi diviziondagi Varzim S. C. klubiga va bir yil oʻtgach C. D. Feirense klubiga bir yillik shartnoma asosida ijaraga berildi. Abreu har ikki jamoada muntazam oʻynadi va Feirense klubi bilan birgalikda ikkinchi oʻrinni egallab, yuqori ligaga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi[3][4][5]. 2012-yil yanvarida Abreu xuddi shu ligadagi Portugaliyaning Atlético Clube klubiga shartnoma asosida ijaraga berildi[6].
2013-yil iyulda Abreu Maritimo klubidan ketib, Kipr Birinchi divizioniga koʻtarilgan Ermis Aradippou FK klubi bilan shartnoma imzoladi[7]. Abreu klub safida koʻp ham maydonga tushmadi va yanvar oyida uchinchi divizionga mansub A. D. Kamacha klubi safiga qaytdi, soʻngra 2014-yil iyun oyida yana Feirense klubiga qoʻshildi[8].
Abreu keyingi yillarda ikkinchi divizionda F. K. Penafiel, K. F. União, Gil Visente F. K. va K. D. Mafra klublarida oʻynadi[9][10][11][12].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Gonçalo Abreu“ (pt). Mais Futebol. Qaraldi: 2020-yil 28-sentyabr.
- ↑ „Gonçalo Abreu e Heldon deram a primeira vitória ao Marítimo“ (pt). SAPO (2012-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 10-dekabr.
- ↑ „Varzim: Mendes, Vítor Júnior e Gonçalo Abreu são reforços por empréstimo“ (pt). Futebol 365 (2009-yil 25-iyun). Qaraldi: 2019-yil 10-dekabr.
- ↑ „Gonçalo Abreu para o ataque“ (pt). Record (2010-yil 31-avgust). Qaraldi: 2020-yil 28-sentyabr.
- ↑ „C.D. Feirense com história – 2010/11“ (pt). C.D. Feirense. Qaraldi: 2020-yil 28-sentyabr.
- ↑ „"Tudo nos está a correr mal"“ (pt). SAPO (2012-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 10-dekabr.
- ↑ „Gonçalo Abreu no Ermis“ (pt). Diário de Notícias (2013-yil 18-iyul). Qaraldi: 2019-yil 10-dekabr.
- ↑ „Gonçalo Abreu volta ao Feirense“ (pt). O Jogo (2014-yil 9-iyun). Qaraldi: 2019-yil 10-dekabr.
- ↑ „Gonçalo Abreu reforça durienses“ (pt). Record (2015-yil 24-iyun). Qaraldi: 2019-yil 10-dekabr.
- ↑ „Oficial: União da Madeira garante Gonçalo Abreu“ (pt). O Jogo (2017-yil 17-iyun). Qaraldi: 2019-yil 10-dekabr.
- ↑ „Gil Vicente apresenta novo reforço: Gonçalo Abreu“ (pt). Barcelos na Hora (2018-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 10-dekabr.
- ↑ „Mafra assegura contratação de Gonçalo Abreu“ (pt). O Jogo (2018-yil 30-iyun). Qaraldi: 2019-yil 10-dekabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gonçalo AbreuForaDeJogo (arxivda)
- Gonçalo Abreu Soccerway saytida