Kontent qismiga oʻtish

Gonadotrop gormonlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Gonadotrop gormonlar, gona dotroplar — gipofizning oldingi boʻlagi va platsenta (yoʻldosh)da hosil boʻlib, jinsiy bezlar (gonadalar) faoliyatini boshqaradigan gormonlar. Ular peptid tabiatli uchta gormon (follikulni stimullovchi, interstitsial hujayralarni stimullovchi — lyuteinlovchi va lyuteatrop gormon)dan iborat. Follikulni stimullovchi gonadotropin tabiatan glikoproteid (oqsil va uglevoddan tuzilgan murakkab birikma) boʻlib, adenogipofizning bazofil hujayralaridan ishlanib chiqadi, tuxumdon follikullarning oʻsishi va rivojlanishini, erkaklarda esa spermatozoidlar yetilishini kuchaytiradi; lyuteinlovchi gormon avvalgi gormon bilan birgalikda tuxumdonda tuxum hujayralar yetilishiga va sariq tananchnt shakllanishiga yordam beradi; lyuteotrop gonadotropin laktogen gormon hisoblanadi. Platsentadan chiqadigan xorion gonadotropini ham deyarli lyuteinlovchi gormon kabi taʼsir etadi, u homiladorlar siydigida koʻproq boʻladi.

G.g. preparatlari jinsiy yetilish kechikishini davolashda, bepushtlikda, shuningdek, xalq xoʻjaligining turli tarmoklarida qoʻllanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil