Google Play

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Google Play
Ishlab chiqaruvchiGoogle
Chiqish sanasi22 oktabr 2008-yil
Operatsion sistemaAndroid, MIUI
LitsenziyaPropriet
Vebsayt:play.google.com

Google Play Store (shunchaki — Play Store yoki — Play Market nomi foydalaniladi; sobiq nomi — Android Market) — ilovalar doʻkoni, shuningdek Google shirkatidan oʻyinlar, kitoblar, musiqa va filmlar doʻkoni, uchinchi tomon kompaniyalariga, Android operatsion tizimli qurilmalar egalariga turli ilovalarni oʻrnatish va sotib olish taklif qilish imkonini beradi. Ilovalarni nashr qilish imkonini beruvchi dasturchi akkaunti 25 dollar turadi[1]. Pullik ilovalar barcha mamlakatlardagi dasturchilar nashr etolmaydi.

Google Play orqali yuklab olinadigan dasturlar pullik yoki bepul boʻlishi mumkin. Ilovalarni Android qurilmaga toʻgʻridan toʻgʻri Google Play Store mobil ilovasi orqali yoki ilovani Google Play vebsaytidan qurilmaga yuklab olish oraqli oʻrnatish mumkin. Ilovalar qurilma imkoniyatlaridan foydalanadigan boʻlishi ham mumkin. Masalan, harakat bilan bogʻliq oʻyinlar uchun qurilmaning harakat sensorlaridan yoki onlayn video qoʻngʻiroqlar uchun telefonning old kamerasidan foydalanishi mumkin. Google Play doʻkonida 2016-yilda 82 milliarddan ortiq ilovalar yuklab olingan va 2017-yilda 3,5 milliondan ortiq ilovalar chop etilgan boʻlsa, ilovalar tozalanganidan keyin bu koʻrsatkich yana 3 milliondan oshdi[2].

Tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Android ilovalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Map of global availability of Google Play
Global availability of Google Play

2017-yilga kelib Google Play 3,5 milliondan ortiq Android ilovalarini taqdim etdi[3][4]. Google koʻplab ilovalarni Google Play doʻkonidan tozalagandan soʻng, ilovalar soni yana 3 milliondan ortdi. 2017-yil holatiga koʻra, 150 dan ortiq mamlakatlardagi dasturchilar Google Playga yaratgan ilovalarini yuklashlari mumkin, ammo hammasi ham sotuvchi sifatida roʻyxatdan oʻta olmaydilar. Dasturchilar dastur narxining 85 foizini oladi, qolgan 15 foizi esa yetkazib bergan hamkor va operatsion toʻlovlarga ketadi. Google Play dasturchilarga ilovalarning dastlabki versiyalarini alfa yoki beta sinovlari uchun tanlangan foydalanuvchilar guruhiga chiqarish imkonini beradi. Bu esa hali haqiqiy taqdimot oldidan ilovadagi xato va kamchiliklarni koʻrish va tuzatish imkoni degani. Foydalanuvchilar maʼlum ilovalar (filmlar, musiqa, kitoblar va oʻyinlar) doʻkonga chiqarilishi bilanoq ularni yetkazib berish uchun oldindan buyurtma berishlari mumkin[5]. Baʼzi tarmoq operatorlari Google Play xaridlari uchun hisob-kitoblarni taklif qilishadi, bu esa foydalanuvchilarga kredit kartalari bilan emas, balki telefon hisobidagi oylik toʻlovlar bilan toʻlash imkonini beradi. Foydalanuvchilar xarid qilganlaridan keyin 48 soat ichida pulni qaytarishni talab qilishlari mumkin[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „How to use the Play Console — Play Console Help“. 2020-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-oktyabr.
  2. „Number of Android applications on the Google Play store“ (en). appbrain.com. 2017-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-avgust.
  3. „Number of Google Play Store apps 2017 | Statistic“ (en). Statista. 2020-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-yanvar.
  4. „Number of Android applications“. AppBrain (2017-yil 9-fevral). 2017-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-fevral.
  5. „How to use a Google Play gift card“. Android Central (2019-yil 5-fevral). 2020-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-iyun.
  6. „Two Years Later, Google Play Support Docs Acknowledge 48-Hour Refund Window“ (en-US). Android Police (2016-yil 2-iyun). 2020-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-iyun.