Gordana Siljanovska-Davkova
Gordana Siljanovska-Davkova | |
---|---|
Гордана Силјановска-Давкова | |
Siljanovska-Davkova 2024-yilda | |
Shimoliy Makedoniyaning 6-prezidenti | |
Mansab davri 2024-yil 12-may | |
Oʻtmishdoshi | Stevo Pendarovski |
Shimoliy Makedoniya Assambleyasi a'zosi | |
Mansab davri 2020-yil 4-avgust – 2024-yil 12-may | |
Portfelsiz vazir | |
Mansab davri 1992-yil 17-avgust – 1994-yil 20-dekabr | |
Hukumat boshligʻi | Branko Crvenkovski |
Makedoniya Respublikasi Assambleyasi Konstitutsiyaviy komissiyasi a'zosi | |
Mansab davri 1990-yil 25-noyabr – 1992-yil 17-avgust | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
11-may 1953-yil Ohrid, Makedoniya Xalq Respublikasi, Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi |
Siyosiy partiyasi | VMRO-DPMNE |
Bolalari | 2 |
Alma mater | Lyublyana universiteti (PhD) |
Kasbi | Yurist • Professor • Siyosatchi |
Gordana Siljanovska-Davkova (makedoncha: Gordana Silјanovska-Davkova[1][2]; 1953-yil 11-mayda tugʻilgan) — Makedoniya universitetining huquq professori va huquqshunosi, 2024-yil mayidan Shimoliy Makedoniyaning 6-prezidenti lavozimida faoliyat yuritmoqda. U 2019-yilgi prezidentlik saylovlarida nomzod boʻlib, ikkinchi bosqichda Stevo Pendarovskiga yutqazgan edi. U 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida yana oʻz nomzodini qoʻyadi va revansh saylovlarida Pendarovskini eng koʻp ustunlik bilan magʻlub etadi. Gordana Siljanovska-Davkova Shimoliy Makedoniyaning birinchi ayol prezidentidir.
Yoshligi va taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gordana Siljanovska-Davkova 1953-yil 11-mayda Yugoslaviyaning (hozirgi Shimoliy Makedoniya) Ohrid shahrida tavallud topgan[3]. Boshlangʻich va oʻrta taʼlimni Skopye shahrida tamomlagan. U 1978-yilda Skopyedagi Cyril and Methodius universitetida tahsil olgan. U yerda magistrlik darajasini ham olgan. Gordana Lyublyana universitetida „Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish – meʼyorlar va voqelik oʻrtasida“ nomli nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va 1994-yilda fan nomzodi ilmiy darajasini olgan[3][4].
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Siljanovska-Davkova 1989-yilda Skopyedagi huquq fakultetining siyosiy tizimlar kafedrasi dotsenti, 1994-yilda esa konstitutsiyaviy huquq va siyosiy tizimlar kafedrasi dotsenti boʻlgan. U 2004-yilda professor unvoniga sazovor boʻladi va shundan beri u konstitutsiyaviy huquq, siyosiy tizimlar, zamonaviy siyosiy tizimlar va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish fanlari boʻyicha dars beradi. Siljanovska-Davkova Makedoniya Respublikasi Assambleyasi Konstitutsiyaviy komissiyasining aʼzosi (1990—1992) va Branko Tsrvenkovskining birinchi kabinetida portfelsiz vazir (1992—1994) lavozimlarida ishlagan. U shuningdek, BMT eksperti va Yevropa Kengashining Mustaqil mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish guruhi vitse-prezidenti boʻlgan. U Venetsiya komissiyasi aʼzosi (2008—2016) boʻlib, u yerda Demokratik institutlar, sud tizimi, Lotin Amerikasi va Konstitutsiyaviy adolat boʻyicha kengash boʻyicha quyi komissiyalarda ishlagan. Siljanovska-Davkova Konstitutsiyaviy huquq va siyosiy tizimga oid 200 ga yaqin ilmiy ishlar muallifidir[5].
U VMRO-DPMNEning Strugadagi konferensiyasida 2019-yilgi prezidentlik saylovlarida partiyadan nomzod sifatida koʻrsatilgan[6]. U nomzod qilib koʻrsatilganidan soʻng, agar u gʻalaba qozonsa, ikkinchi referendum oʻtkazishni va mamlakatning eski nomini tiklashini vaʼda qilgan[7]. U saylovlarda Stevo Pendarovskiga magʻlub boʻlgan.
Siljanovska 2024-yilgi saylovlarda yana prezidentlikka oʻz nomzodini qoʻydi. Bu safar u amaldagi prezident Pendarovskini yirik hisobda magʻlub etdi va Shimoliy Makedoniya prezidenti etib saylangan birinchi ayol boʻldi[8].
Gordana Siljanovska-Davkova Inauguratsiyasidan bir necha kun oldin Bolgariya bilan 2017-yildan boshlab yaxshi qoʻshnichilik shartnomasini qayta koʻrib chiqish zarurligini taʼkidlaydi[9]. Shu munosabat bilan Bolgariya Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Dimitar Glavchev Bolgariya Shimoliy Makedoniya bilan boshqa hech qanday kelishuvlar boʻlmasligini aytdi[10]. Prezident Rumen Radev Shimoliy Makedoniya konstitutsiyasini oʻzgartirish va bolgarlar huquqlarini hurmat qilish, shuningdek, u yerda Bolgariyaga nisbatan nafratlanishni toʻxtatish zarur, deb javob berdi[11].
Prezidentlik davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gordana Siljanovska-Davkova 2024-yil 12-mayda prezident sifatida inauguratsiya qilindi. Oʻzining inauguratsiya nutqi chogʻida u mamlakatni „ayollashtirish“ va „yevropalashtirish“ga vaʼda beradi hamda Shimoliy Makedoniyadagi ayollarning rolini taʼkidlaydi. Biroq, oʻz mamlakatini „Shimoliy Makedoniya“ deb emas, balki „Makedoniya“ deb atagani uchun bahs-munozaralarga sabab boʻladi. Bu Gretsiya elchisi Sofiya Filippiduni norozilikda chiqib ketishga undadi.
Keyinchalik Gretsiya tashqi ishlar vazirligi Siljanovskaning xatti-harakatlari Prespa kelishuvini buzish va ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarga hamda Shimoliy Makedoniyaning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishiga xavf tugʻdirganini aytdi. Bosh vazir Kiriakos Mitsotakis esa bu soʻzlarni „noqonuniy va qabul qilib boʻlmas“ deb atadi. Yevropa Ittifoqi Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Leyen Siljanovska-Davkovani yangi lavozimi bilan tabriklab, Shimoliy Makedoniyaning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilish istiqbollarini Prespa kelishuviga rioya qilish sharti haqida gapirgan gaplarini tanqid qildi. Reaksiyalarga javoban, uning idorasi mamlakatning xalqaro majburiyatlarini hurmat qilishini eʼlon qildi, ammo Makedoniya nomini oʻzini identifikatsiya qilishning shaxsiy huquqi sifatida ishlatish huquqiga ega ekanligini aytdi[12][13][14].
Shaxsiy hayoti va qarashlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gordana Siljanovska-Davkova oilali, ikki nafar farzandi bor[15].
U 2017—2018-yillarda jamoat arbobi sifatida alban tilini kengaytirish toʻgʻrisidagi qonunning qabul qilinishiga qarshi chiqdi[16]. U Gretsiya va Shimoliy Makedoniya oʻrtasida Makedoniyani qayta nomlash toʻgʻrisidagi nizoni hal qilish uchun imzolangan Prespa kelishuvini „milliy qonunchilikning buzilishi“ va „Makedoniya fuqarolarining jamoaviy va individual inson huquqlarining jiddiy buzilishi“ deb hisoblaydi. Bolgariya bilan imzolangan qoʻshnichilik shartnomasini Davkova oʻzaro emas deb hisoblaydi[17]. Yevropa Ittifoqi tomonidan mamlakatning blokka aʼzo boʻlishi uchun qoʻyilgan talablaridan biri boʻlgan Shimoliy Makedoniyadagi bolgarlarning rasmiy etnik ozchilik sifatida tan olinishiga qarshi chiqadi[18].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://rezultati.sec.mk/mk/pres/r[sayt ishlamaydi] Rezultati
- ↑ https://republika.mk/vesti/crna-hronika/ushte-pet-litsa-fateni-vo-obid-da-go-slikaat-glasachkoto-livche/ Ushte pet litsa fateni vo obid da go slikaat glasachkoto livche
- ↑ 3,0 3,1 Makedonska ensiklopediјa, tom II. Skopјe, Makedonska akademiјa na naukite i umetnostite, 2009. ISBN 978-608-203-024-1. str. 1358. (in Macedonian).
- ↑ „Gordana Siljanovska-Davkova – North Macedonia’s first female president“. Media Information Agency (2024-yil 12-may). Qaraldi: 2024-yil 13-may.
- ↑ Биографија на проф. д-р Гордана Силјановска-Давкова, официјален веб портал на (Wayback Machine saytida 2019-02-17 sanasida arxivlangan) Faculty of Law "Justinian I" (Skopje)
- ↑ НМ „ВМРО-ДПМНЕ ќе ја кандидира Силјановска-Давкова на претседателските избори“ (mk-MK). Нова Македонија (2019-yil 16-fevral). Qaraldi: 2023-yil 19-iyun.
- ↑ „Силјановска ќе игра "втор референдум" за Договорот од Преспа“ (mk). dw.com. 2024-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-iyun.
- ↑ „North Macedonia elects first woman president as center-left incumbents suffer historic losses“ (en). Associated Press (2024-yil 9-may). 2024-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-may.
- ↑ Дневник „ВМРО-ДПМНЕ ще иска промени в Договора за приятелство с България“ (bg). Dnevnik (2024-yil 2-may). Qaraldi: 2024-yil 13-may.
- ↑ „Главчев за Северна Македония: Ние повече отстъпки няма накъде да правим“ (bg). dariknews.bg (2024-yil 9-may). Qaraldi: 2024-yil 13-may.
- ↑ „Радев: Скоро ще проличи дали Силяновска ще работи за европейската перспектива на РСМ“ (bg). БГНЕС: Новини от България и Света (2024-yil 9-may). Qaraldi: 2024-yil 13-may.
- ↑ „North Macedonia’s new president reignites a spat with Greece at her inauguration ceremony“ (en). Associated Press (2024-yil 12-may). 2024-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-may.
- ↑ „North Macedonia's new president reignites a spat with Greece at her inauguration ceremony“ (en). The Washington Post (2024-yil 12-may). Qaraldi: 2024-yil 12-may.
- ↑ „North Macedonia’s new president seeks to sidestep disputes with EU neighbors“ (en). Associated Press (2024-yil 14-may). Qaraldi: 2024-yil 14-may.
- ↑ „Која е Гордана Сиљановска- Давкова?“ (mk). Macedonian Radio Television (2024-yil 12-may). Qaraldi: 2024-yil 12-may.
- ↑ „Сиљановска Давкова: Ваквото воведување на Законот за јазиците е ноторно кршење на Деловникот кој што е најважен акт на Собранието“ (mk-MK). Kurir.mk. 2019-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-iyun.
- ↑ „North Macedonia's New President Prefers The Country's Old Name“. Radio Free Europe/Radio Liberty (2024-yil 9-may). 2024-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-may.
- ↑ „Новият македонски президент подсказа: Политиката ще е против България - Новини от Actualno“ (bg). www.actualno.com (2024-yil 9-may). Qaraldi: 2024-yil 13-may.