Gorizont (geologiya)
Qiyofa
Gorizont (geol.) — mahalliy stratigrafik boʻlinma, taxminan stratigrafik zonaga muvofiq keladi. Paleontologik belgilari togʻ jinslari tarkibi, paleoiqlim va b. xususiyatlarga qarab ajratiladi. G.ga eng yaxshi oʻrganilgan svitaning nomi beriladi. G. turli litologik tarkibli, baʼzan maʼlum hayvon qoldiqlarini oʻzida saqlagan togʻ jinslari kompleksidan (mas, Qrim-Kavkaz oblastidagi Chokrak neogen kompleksi) tashkil topadi. Baʼzan maʼlum litologik yoki paleontologik xossaga ega boʻlgan yupqa qatlamlar majmui ham G. termini bilan ataladi. G. ayrim rayonni geologik rivojlanishining maʼlum bosqichida hosil boʻladi. G.ga, odatda, geografik nom beriladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |