Kontent qismiga oʻtish

Gorizontallar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gorizontallar, izogipelar — geografik xaritada dengiz (Dunyo okeani) sathida nisbatan bir xil balandlikda boʻlgan nuqtalarni birlashtiradigan chiziqlar hisoblanadi. Geografik yer yuzasini relyefi toʻgʻrisida tasavvur beradi.

Gorizontallar deb quruqlik yuzasidagi mutlaq balandligi bir xil bo‘lgan nuqtalarni xaritalarda tutashtiruvchi chiziqlarga aytiladi. Gorizontallardan joy planlarida va xaritalarda relyefni tasvirlash uchun foydalaniladi. Xaritalarda, ayniqsa, joy planida tepalar ham, chuqurlar ham gorizontallar bilan tasvirlanadi. Yer yuzasi qaysi tomonga qiya bo‘lsa, gorizontallarga qiya tomonni ko‘rsatuvchi chiziqcha qo‘yiladi. Bu chiziqcha bergshtrix deb ataladi. Bergshtrixga qarab botiq va tepaliklar ajratib olinadi. Yonbag‘irlar juda tik bo‘lsa, planda mayda tishlarga o‘xshagan chiziqlar bilan ko‘rsatiladi. Jarlar ham shunday chiziqlar bilan tasvirlanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil