Kontent qismiga oʻtish

Gortenziya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gortenziya — toshyorardoshlar oilasining Hydrangea turkumiga mansub bir necha tur xushmanzara oʻsimliklarga berilgan umumiy nom. Bargi oddiy, qarama-qarshi joylashgan. Oq, pushti, qizil va koʻk rangli gullari toʻpgul hosil qiladi. Urugʻi koʻsakchada, 76 turi bor. Ulardan bir nechasi gulchilikda ekiladi. Xitoy va Yaponiyadan keltirilgan G. (N. macrophylla) va Shim. Amerikadan keltirilgan daraxtsimon, koʻp yillik G. (N. arborescens) xushmanzara oʻsimlik sifatida parklarda oʻstiriladi. G. parhish va qalamcha bilan koʻpaytiriladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil