Kontent qismiga oʻtish

Goryokaku

Koordinatalari: 41°47′50″N 140°45′27″E / 41.797306343208724°N 140.75738797806935°E / 41.797306343208724; 140.75738797806935
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Goryokaku
五稜郭

Fortning Goryokaku minorasidan ko'rinishi

Hakodate hokimiyati binosi
Umumiy maʼlumot
Turi Fort
Joylashuvi Hakodate, Hokkaido
Mamlakat Yaponiya
Koordinatalar 41°47′50″N 140°45′27″E / 41.797306343208724°N 140.75738797806935°E / 41.797306343208724; 140.75738797806935
Qurilishi boshlangan 1958
Qurilishi tugagan 1864
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Ayasaburo Takeda
Boshqa dizaynerlar Takeaki Enomoto,Toshizo Hijikata
https://www.goryokaku-tower.co.jp/en/history/
Map
Goryokaku xaritada
(xarita shu koʻrinishda joylanadi)
Goryokaku


Goryōkaku (yaponcha: 五稜郭?) (soʻzma-soʻz tarjimasi: „besh qirrali fort“) Hokkaido orolining Hakodate shahrida joylashgan yulduz shaklli fortdir[1]. 1866-yilda qurib bitkazilgan. Qisqa vaqt yashagan Ezo Respublikasining markaziy qarorgohi vazifasini bajaragan[2].

Goryokaku 1855 yilda Takeda Ayasaburo tomonidan loyihalashtirilgan. Uning loyihasi fransuz arxitektori Sebastien Le Prestre de Vaubanning ishilariga asoslangan edi[3]. Fort 1866 yilda, Tokugava syogunligi qulashidan ikki yil oldin qurib bitkazilgan. U besh qirrali yulduz shaklida qurilgan. Bu anʼanaviy yapon qal’alariga qaraganda devorlarga koʻproq toʻp-zambaraklar oʻrnatishga imkoniyat yaratdi va toʻpdan oʻq uzish mumkin boʻlmagan koʻrinmas hududlar sonini kamaytirdi.

Fort Tokugava syogunligi tomonidan Sugaru boʻgʻozini rus flotining ehtimoliy bosqinidan himoya qilish maqsadida qurilgan[4]. 1869-yilda bir yilgina yashagan Ezo Respublikasi poytaxti maqomida edi. U Yaponiya Imperiyasi va Ezo Respublikasi oʻrtasida boʻlib oʻtgan Boshin urushining soʻngi jang maydoniga aylandi. Hakodate Jangi nomi bilan tarixda qolgan jang bir hafta davom etdi (1869-yil 20-27-iyun)[2]. Shunday qilib, Yaponiyaning soʻngi fuqarolar urushi Goryokaku fortida yakuniga yetdi va Yaponiya tarixining yangi davri boshlandi.

Hususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fort xaritasi, XIX asr
Maxsus tarixiy joy sifatida belgilangan hudud kengligi 251.000 m²
Fort devorlari atrofida qazilgan xandaq uzunligi 1.8 km
Asosiy devor balandligi 5-7 metr
Asosiy devor qalinligi 27-30 metr
1854: Mart: Tokugava syogunligi Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan doʻstlik shartnomasi tuzdi.

Aprel: Amerika floti portni koʻzdan kechirish uchun Hakodatega keldi.

Iyun: Tokugava syogunligi Hakodate Magistratini tashkil qildi.

1857: Iyun: Goryokaku qurilishi boshlandi.
1864: Iyun: Goryokaku qurilishi deyarli tugallanadi, Hakodate Magistrati binosi Goryokaku ichiga koʻchib oʻtadi.
1867: Oktyabr: Tokugava syogunligi Meiji hukumatiga qarshi qoʻzgʻolon boshlaydi.
1868: Oktyabr: Tokugava syogunligi harbiylari Goryokakuga joylashdi.
1869: Aprel: Meiji hukumati Goryokakudagi Tokugava harbiylariga hujum qila boshlaydi.

May: Meiji hukumati keng koʻlamli soʻngi hujumni amalga oshirdi. Urush tugadi.

1914: Iyun: Goryokaku aholi uchun parkga aylantirildi.
1952: Mart: Goryokaku maxsus tarihiy hudud deb eʼlon qilindi.

Bugungi kunda Goryokaku forti maxsus madaniy meʼros obyekti hamda maxsus parki sifatida faoliyat yuritmoqda. Hakodate shahri muzeyining bir qismi va bahorda sakura gullarini tomosha qilish uchun jamoatning sevimli joylaridan biridir.

  1. Hinago, Motoo. Japanese Castles. Kodansha International Ltd. and Shibundo, 1986 — 131–133-bet. ISBN 0870117661. 
  2. 2,0 2,1 Nussbaum, Louis-Frédéric. Goryōkaku. London, England: Harvard University Press, 2002 — 259-bet. ISBN 0-674-00770-0. 
  3. Nussbaum, Louis-Frédéric. Goryōkaku. London, England: Harvard University Press, 2002 — 259-bet. ISBN 0-674-00770-0. 
  4. Nussbaum, Louis-Frédéric. Goryōkaku. London, England: Harvard University Press, 2002 — 259-bet. ISBN 0-674-00770-0. 

Oʻqish uchun

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Benesch, Oleg and Ran Zwigenberg. Japan's Castles: Citadels of Modernity in War and Peace. Cambridge: Cambridge University Press, 2019 — 374-bet. ISBN 9781108481946. 
  • De Lange, William. An Encyclopedia of Japanese Castles. Groningen: Toyo Press, 2021 — 600-bet. ISBN 978-9492722300. 
  • Schmorleitz, Morton S.. Castles in Japan. Tokyo: Charles E. Tuttle Co., 1974 — 144-bet. ISBN 0-8048-1102-4. 

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]