Kontent qismiga oʻtish

Gova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gova (fors, hoʻkiz) — qad. Sugʻdiyona oʻlkasining alohida muzofoti. Avesto kitobida Zarafshon vodiysi haqida gapirilib, "Sugʻuda" (Sugʻd) nomi bilan birga "G." nomi ham tilga olingan. Undagi maʼlumotga koʻra G. hozirgi Samarqand viloyatining sharqiy tumanlarini oʻz ichiga olgan va suvga serob, chorvasi koʻp obod joy boʻlib, axrlisi farovon turmush kechirgan. Afsonalarda G. odam boshli hoʻkiz (Govmard) obrazida tasvirlanadi. Xorazmda u "Jovmard qassob" ("Govmard qassob") nomli epik qahramon obrazida tilga olinadi. Samarqand yaqinidagi Talli Barzu harobasi qazilganda, milodning boshlariga oid bir xum sinigʻi topildi, unda odam boshli hoʻkiz surati tasvirlangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil