Govxonasoy
Qiyofa
Govxonasoy | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 15 |
Davlat | Oʻzbekiston |
Govxonasoy — Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi soy, Gʻuzordaryoni tashkil etuvchilaridan biri — Katta Oʻradaryoning chap irmogi. Boysun togʻining shim.-gʻarbiy yon bagʻridagi buloqlardan boshlanuvchi 20 ta katta-kichik irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Uzunligi 15 km. Mavsumiy qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Govxonasoy havzasi past togʻlarda joylashgan, yogʻin kam yogʻadi, shuning uchun kamsuv. Suvining asosiy qismi (80—85%) bahorda oqib oʻtadi. Govxonasoyda jala yomgʻirlardan soʻng baʼzan toshqinlar boʻladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |