Kontent qismiga oʻtish

Gradiyent shamol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gradiyent shamol — ishqalanish kuchi boʻlmagan, barik gradiyent kuchi S Yer aylanishining ogʻdiruvchi kuchi A va markazdan qochma kuch G muvozanatlashgan sharoitda havoning gorizontal harakati. Barcha kuchlar bir toʻgʻri chi-iqda yotganligi sababli, G.sh. izobara boʻylab yoʻnalgan boʻladi. Bir xil barik gradiyent maydonida G.sh. tezligi siklon izobarasi holatida geostrofik shamol tezligidan kichik, antitsiklon izobarasi holatida esa undan katta boʻladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil