Gradski Vrt Stadium

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gradski vrt Stadium
Joyi Novi grad, Osijek, Croatia
Koordinatalari 45°32′42″N 18°41′45″E / 45.54500°N 18.69583°E / 45.54500; 18.69583 G OKoordinatalari: 45°32′42″N 18°41′45″E / 45.54500°N 18.69583°E / 45.54500; 18.69583 G O
Qachon ochilgan 1980-yil
Qachon taʼmirlangan 2005, 2010
Hajmi 17,061
Maydon egalari
NK Osijek

Gradski vrt Stadium (xorvatcha: Stadion Gradski vrt) Xorvatiyaning Osijek shahridagi stadion. Novi grad shahar tumanidagi Gradski vrt mahallasida joylashgan. 17,061 oʻrinli boʻlib, u Xorvatiyaning ikkita futbol klublari — NK Osijek va Fortuna VNO Osijekning uy maydoni boʻlgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qurilish 1949-yilda boshlangan, ammo ishlar bir necha bor toʻxtatilgan. Gradski Vrt maydonida oʻtkazilgan birinchi oʻyin 1958-yil 7-sentyabrda NK Osijek va FK Sloboda Tuzla oʻrtasida boʻlib oʻtdi. 1980-yilda stadion rasman ochilgan.

1982-yilda NK Osijek va Zagrebning Dinamo klublari oʻrtasidagi futbol oʻyinida stadionga 40 000 tomoshabin tashrif buyurdi bu esa rekord hisoblanadi.

1998-yilda oʻrindiqlar va reflektorlar oʻrnatildi. 2005-yilda stadion qayta taʼmirlandi. Gʻarbiy tribuna ostida VIP xonalar oʻrnatildi va 1000 ta yangi oʻrindiq qoʻshildi. Yengil atletika trassasi rekonstruksiya qilindi, qizildan koʻk rangga boʻyaldi. Ushbu taʼmirdan soʻng stadion UEFAning stadion mezonlariga javob berdi. Oʻsha yili stadion Xorvatiya va Vengriyaning 2012-yilgi futbol boʻyicha Yevropa chempionati uchun muvaffaqiyatsiz taklif boʻldi. Oʻshanda kattaroq sigʻimga ega yangi stadion loyihasi taqdim etilgan edi.

2010-yilda stadion yana taʼmirlandi: maydon qayta yotqizildi, toʻsiqlar boʻyaldi va oʻrindiqlar raqamlandi. Bunga oʻsha yilning 23-may kuni Xorvatiya va Uels terma jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvi sabab boʻlgan.

2016-yilning may oyida stadion Xorvatiya kubogi finaliga mezbonlik qildi.

Kelajagi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning aprel oyida NK Osiyek prezidenti Ivan Mestrovich klub uchun yangi stadion qurish rejalarini eʼlon qildi.[1] Osiyekdagi Pampas mahallasida yangi NK Osijek oʻquv markazining bir qismi sifatida yangi zamonaviy stadion qurildi. Yangi stadion sigʻimi 13 000 kishiga moʻljallangan. Stadion UEFAning toʻrtinchi toifasida boʻladi va 2022-yilning kuzida qurib bitkazilishi kerak edi. Stadion qurilish vaqtida „NK Osijek“ uy oʻyinlarini hozirgi stadionda oʻtkazadi, kelajakda „NK Osijek B“ jamoasining asosiy stadioni sifatida foydalaniladi.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „"PRESTALI SMO SANJATI, POČELI SMO ŽIVJETI!"“. NK Osijek official website.