Grammatik maktab
Grammatik maktab - 1) Qad. Afinada 7—12 yoshdagi oʻgʻil bolalar uchun tashkil qilingan boshlangʻich maktab. Oʻqish, yozuv va hisob oʻrgatilgan. G.m.da harflarni qoʻshib soʻz yasash usuli qoʻllangan, yaʼni bolalar harflarni ularning nomlari (alfa, beta, gamma va hokazo) bilan yod olishgan. Soʻng ulardan soʻzlar yasashgan. Yozuvga oʻrgatishda jadvallarga ingichka tayoqchalar bilan harflar yozilgan. Sanoqni barmoqlar va toshchalar yordamida oʻrganganlar.
2)Qad. Rimda patritsiylar (Qad. Rimdagi dastlabki tub joy aholisi) farzandlari va chavandozlar uchun yuqori darajadagi boshlangʻich maktab; grammatika, Rim adabiyoti va yunon tili oʻqitilgan.
3) Hoz. Buyuk Britaniya va ayrim Britaniya Hamdoʻstligi tarkibidagi mamlakatlarda universitetga kirishga tayyorlovchi oʻrta umumtaʼlim maktablari.
4)Rossiyada 17-asrda ayrim monastirlarda yunon va lotin grammatikasi, kad. dunyo adabiyotini oʻrganish uchun tashkil etilgan maktab.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |