Kontent qismiga oʻtish

Granatomyot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Granatomyot - 1) dastaki G. dushmanning zirhli nishonlariga, jonli kuchlari va harbiy texnikasiga zirhni teshadigan yoki parchalanadigan fugas top bilan shikact berish uchun muljallangan qurol. G.ning bir marta va koʻp marta ishlatiladigan; tuzilishiga koʻra, dastaki, miltiqqa oʻrnatib va stanokka oʻrnatib otadigan; vazifasiga koʻra, tankka qarshi, piyodalarga qarshi; stvolining tuzilishiga koʻra, stvolining ichi silliq, qirqimli va stvoli buklanadigan xillari bor. G.ning kalibri 30—90 mm, nishonga olish uzokligi 1000 m gacha. Miltiqqa oʻrnatib otadigan G.da granata oʻqsiz patron zaryadining poroxli gazi yordamida otiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil