Kontent qismiga oʻtish

Gravimetr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gravimetr (lot. gravis — ogir va ... metr) — ogʻirlik kuchi tezlanishini oʻlchaydigan asbob. Koʻpincha, prujinali yoki aylanuvchi tarozidan iborat boʻladi. Bunday G.lar yordamida ogʻirlik kuchi tezlanishlari farqi oʻlchanadi. Prujinali G.da tezlanishlar farqini aniqlash uchun prujinaga osilgan yukcha vaziyati G. shkalasi boʻyicha oʻzgarishi aniqlanadi. Bunda oʻlchashlar ogʻirlik kuchi tezlanishi maʼlum boʻlgan punktda va tadqiq qilinayotgan punktda ketma-ket amalga oshiriladi. Sayoz joylarda, suv tubida, suv usti va suv ostida suzuvchi kemalarda, samolyotlarda ogʻirlik kuchini oʻlchovchi maxsus G.lar bor. Ogirlik kuchining Oy va Quyoshga bogʻliq tarzda oʻzgarishlarini bir necha oylab qayd qilishga imkon beradigan G.lar mavjud.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil