Gravitatsion variometr
Gravitatsion variometr -ogʻirlik kuchi potensialining ikkilamchi hosilasini va gorizontal yoʻnalish ogʻirlik kuchi oʻzgarishi (gradiyenti)ni oʻlchaydigan asbob. Faqat ogʻirlik kuchi gradiyentini oʻlchaydigan G.v. g r a diyentometrlar deyiladi. G.v.ni venger fizigi D. Etvesh ixtiro qilgan. G.v. uchlariga turli balandlikda massalar mahkamlangan yoki osilgan gorizontal yoki kiya oʻrnatilgan yengil koromislodan iborat; koromislo pishitilgan ingichka elastik ipga osiladi. Yerning bir jinsli boʻlmagan gravitatsion maydonida koromislo massalariga taʼsir etuvchi gravitatsion kuchlar momenti vujudga keladi. Yerga tortishish kuchi momenti buralgan ipning elastik kuchiga teng boʻlgunga qadar koromisloip atrofida buriladi. Ogʻirlik kuchi potensiali hosilalari koromisloning burilish burchagi boʻyicha aniqlanadi. Bunga G.v. korpusi meridianga nisbatan turli burchak ostida ketma-ket oʻrnatiladi. G.v.ning tuzilishi temperatura, magnit va elektrostatik maydonlar taʼsirini bartaraf qilishga imkon beradi. Ogʻirlik kuchi potensialining ikkilamchi hosilasi ±(1—2)-10"’ s2 aniqlikkacha oʻlchanadi. G.v. geologorazvedka maqsadlarida yer qobigʻining ustki qatlamlari zichliklarining bir jinslimas taqsimlanishini oʻrganishda ishlatiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |