Kontent qismiga oʻtish

Grayr Hanedanyan

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Grayr Hanedanyan
Tavalludi Grayr Grayrovich Hanedanyan
6-iyun 1939
Janrlar Opera, kamera qoʻshigʻi
Kasbi Opera qoʻshiqchisi
Fuqaroligi  SSSR  Rossiya
Veb-sayt http://grair.ru

Grayr Grayrovich Hanedanyan (1939-yil 6-iyun, Kamensk-Shaxtinskiy, Rostov viloyati, RSFSR, SSSR) — sovet va rus opera xonandasi (tenor), bastakor va rassom. Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1974-yil). Ukraina xalq artisti. Shimoliy Osetiya-Alaniya xalq artisti. Larisa Gergiyevaning eri boʻlgan.

Grayr Hanedanyan 1939-yil 6-iyun kuni Rostov viloyatining Kamensk-Shaxtinskiy shahrida tugʻilgan. Onasi, Paramonova Antonina Mixaylovna, Tambov shahrida tugʻilgan, otasi Hanedanyan Grayr Aykovich (1909-yilda tugʻilgan), Trebizondda tugʻilgan, u Sovet-Fin va Ikkinchi Jahon urushini boshidan kechirgan.

1958-yilda — Grayr Hanedanya N.V.Lysenko nomidagi Lvov davlat konservatoriyasiga vokal sinfiga oʻqishga kirgan.

1961 yil — Lvov opera teatri truppasiga opera solisti sifatida qabul qilindi.

1963-1965-yillarda Sovet Armiyasi safida xizmat qilgan.

1965-yilda — Odessa opera va balet teatriga solist sifatida taklif qilingan, u yerda 1972-yilgacha, A.Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat akademik katta teatriga taklif qilinguncha ishlagan. Toshkentda Grayr Hanedanyan 1980-yilgacha ishlagan, bir vaqtning oʻzida Toshkent Davlat Konservatoriyasi va Toshkent teatr va rassomlik institutida dars bergan.

1980-1987-yillar mobaynida Orjonikidze shahridagi Shimoliy-Osetiya opera va balet teatrida, P.I.Chaykovskiy nomidagi Perm opera teatri truppasiga taklif qilinmaguncha ishlagan. Bir vaqtning oʻzida Kirov teatrida ishlagan.

1995 yil — Sankt-Peterburgning Marinskiy teatri jamoasiga oʻtgan.

Hozirda u Marinskiy teatrida, Marinskiy teatri qoshidagi Yosh xonandalar akademiyasida ishlaydi va N.A.Rim-Korsakov nomidagi Sankt-Peterburg davlat konservatoriyasining vokal kafedrasi professori hisoblanadi.

Bir qancha operalar, baletlar, romanslar, simfonik asarlar muallifi.

1960-yildan buyon rasm chizish bilan shugʻullanadi.