Green funksiyasi
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Green funksiyasi – bir jinsli boʻlmagan differensial tenglamalar, shuningdek chegaraviy masalalarni yechish uchun ishlatiladigan funksiya. Ingliz matematigi Jorj Grin sharafiga shunday nomlangan (inglizcha George Green).
Green funksiyasi elektrostatikada – Poisson tenglamasini yechishda; kondensirlangan holatlar fizikasida – diffuziya tenglamasini (va mos holda issiqlik oʻtkazuvchanlik tenglamasini) yechishda juda qoʻl keladi. Bu sohalarda Green funksiyasining ahamiyati, xuddi kvant mexanikasidagi Schredinger tenglamasi kabidir. Green funksiyasi turli chegaraviy shartlarda statsionar (vaqtga bogʻliq boʻlmagan) va nostatsionar (vaqtga bogʻliq boʻlgan) yechimlarni topishga yordam beradi.
Green funksiyasining taʼrifi va qoʻllanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yevklid fazosida olingan ixtiyoriy nuqtadagi umumlashgan funksiyalarga taʼsir qiluvchi chiziqli operatorning Green funksiyasi – bu
tenglamaning ixtiyoriy yechimidir. Bu yerda – delta-funksiya. Green funksiyasining ushbu xossasidan quyidagi koʻrinishdagi differensial tenglamalarni yechishda foydalanish mumkin:
Green funksiyasi – ga teskari operator. Shu sababli, baʼzida uni koʻrinishida ham tasvirlanadi.
Agar operatorning yadrosi notrivial boʻlsa, demak, Green funksiyasi yagona emas. Biroq amaliyotda simmetriya qonunlaridan foydalanish hamda chegaraviy shartlarni hisobga olish orqali Green funksiyasining tayin bir koʻrinishini olish mumkin. Umuman olganda, Green funkiyasi oddiy funksiya emas, balki umumlashgan funksiya. Yaʼni u oddiy funksiyalarda boʻlmaydigan xossalar, masalan, delta-funksiya yoki uning hosilalari kabi xususiyatlarga ega boʻlishi mumkin.
Green funksiyasi – toʻlqin tenglamasi, diffuziya tenglamasi va kvantomexanik tenglamalarni yechishda ham juda foydali. Chunki u holatlar zichligi bilan bogʻliq. Fizikada Green funksiyasi, odatda, qarama-qarshi ishora bilan beriladi:
Bunday koʻrinish, uning xossalariga va qiymatiga hech qanday taʼsir qilmaydi.
Agar operator translyatsion invariant boʻlsa, yaʼni operator ga nisbatan doimiy koeffitsientlarga ega boʻlsa, Green funksiyasini konvolyutsion operator koʻrinishida tanlash mumkin:
Bu holatda u chiziqli statsionar sistemalar nazariyasidagi impulsli oʻtish funksiyasiga toʻgʻri keladi.
Eslatma
[tahrir | manbasini tahrirlash]Baʼzida bir jinsli boʻlmagan tenglamaning oʻng tomonida biron doimiy koeffitsient qatnashib qolishi mumkin. Yaʼni
Bunday holatda Green funksiyasi ham, ushbu koeffitsientni hisobga olgan holda aniqlanadi, yaʼni quyidagi tenglamaning yechimi boʻladi:
U holda differensial tenglamaning yechimi :
koʻrinishida boʻladi.
Shturm-Liouville operatorining Green funksiyasi (bir oʻlchamli hol)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masalaning qoʻyilishi
Aytaylik, – chiziqli differensial koʻrinishdagi Shturm-Liouville operatori boʻlsin:
hamda – chegaraviy holatlar operatori boʻlsin:
Green teoremasi
funksiya – oraliqda uzluksiz hamda, chegaraviy shartlar quyidagicha berilgan boʻlsin:
Masala muntazam, yaʼni faqatgina bir jinsli masalaning trivial yechimlari mavjud boʻlsin. U holda
shartlarni qanoatlantiradigan yagona yechim mavjud va bu yechimni
ifoda orqali topish mumkin. Bu yerda – Green funksiyasi. Ushbu Green funksiyasi quyidagi xossalarga ega:
- funksiya va bo`yicha uzluksiz
- bo`lganda,
- bo`lganda,
- Hosilasi
- Simmetrik