Kontent qismiga oʻtish

Greg Abbott

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Greg Abbott
48-Texas gubernatori
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 13-noyabr 1957-yil (1957-11-13) (67 yosh)
Wichita Falls, Texas, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Siyosiy partiyasi Respublikachilar
Turmush oʻrtogʻi Cecilia Phalen
Bolalari 1 ta
Taʼlim University of Texas at Austin, Vanderbilt University

Gregory Wayne Abbott (1957-yil 13-noyabrda tugʻilgan) – amerikalik siyosatchi, advokat va 2015-yildan beri Texas shtatining gubernatori boʻlib ishlab kelayotgan sobiq huquqshunos. Respublikachilar partiyasining aʼzosi, 2002-yildan 2015-yilgacha Texasning 50-bosh prokurori va 1996-yildan 2001-yilgacha Texas Oliy sudining aʼzosi boʻlib ishlagan.

Abbott Rekonstruksiya davridan beri Texasning bosh prokurori lavozimida ishlagan uchinchi respublikachi hisoblanadi. 2002-yilda 57%, 2006-yilda 60% va 2010-yilda 64% ovoz bilan saylanib, shtat tarixidagi eng uzoq xizmat qilgan bosh prokuroriga aylangan. Bosh prokuror boʻlguniga qadar Abbott Texas Oliy sudining sudyasi boʻlgan va bu lavozimga u 1995-yilda oʻsha paytdagi gubernator Jorj Bush tomonidan tayinlangan. Abbott Barack Obama maʼmuriyatiga qarshi koʻplab sud jarayonlarida ishtirok etib, „Affordable Care Act“ va maʼmuriyatning atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalarini bekor qilishga harakat qilgan.

2014-yilda saylangan Abbott nogironlar aravachasidan foydalanadigan Texasdagi birinchi va AQShdagi uchinchi gubernator hisoblanadi. Gubernator sifatida Abbott Donald Trump maʼmuriyatini va abortga qarshi chora-tadbirlar, qurolga egalik qilish toʻgrisidagi qonunlar, noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurash kabi konservativ ruhdagi koʻplab gʻoyalarini qoʻllab quvvatlagan.

Yoshlik davri, taʼlimi va yuridik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abbott 1957-yil 13-noyabrda Texasning Vichita-Folls shahrida tugʻilgan[1]. Uning onasi Doris Lechristia Jacks Abbott uy bekasi, otasi Calvin Rodger Abbott esa birja brokeri va sugʻurta agenti boʻlib ishlagan[2][3]. Olti yoshga toʻlganida oilasi bilan Longviewga koʻchib oʻtishgan va oʻsha yerda olti yil yashashgan[2]. Abbott Duncanville maktabini tamomlagan[4][5].

1981-yilda Abbott Ostindagi Texas universitetida moliya boʻyicha bakalavr darajasini egallagan. Turmush oʻrtogʻi Cecilia Phalen bilan universitetda oʻqib yurgan davrida tanishgan va 1981-yilda turmush qurishgan[2][6]. 1984-yilda Vanderbilt universitetida huquqshunoslik boʻyicha doktorlik darajasini egallagan[2].

Texas Bosh prokurori

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Greg Abbott 2005-yilda prezident Jorj Bush va Texas Oliy sudi sobiq sudyalari bilan Harriet Miers nomzodi haqida gaplashgan. Chapdan: Evgeniy Kuk, Raul Gonsales, Abbott, Jon Xill, Jeyms Beyker, Bush va Kreyg Enoch
Abbott va John Cornyn San-Antonioda

2002-yilgi saylov

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abbott 2001-yilda leytenant-gubernatorlik lavozimiga oʻz nomzodini qoʻyish uchun Texas Oliy sudidan isteʼfoga chiqqan[2]. 2002-yilda bosh prokurorlik lavozimiga oʻz saylovoldi kompaniyasini boshlagan. Demokratchilardan boʻlgan nomzod, Ostinning sobiq meri va sobiq shtat senatori Kirk Watsonni 57% ovoz bilan magʻlub etib, 2-dekabr sanasida qasamyod qabul qilgan[7][8].

Sony BMGga qarshi daʼvo ishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005-yil oxirida Abbott noqonuniy josuslik dasturlari uchun Sony BMGni sudga bergan[9][10]. 2005-yil 21-dekabrda Abbott Sony BMG ga qarshi daʼvosiga yangi ayblovlarni qoʻshdi. Uning soʻzlariga koʻra, MediaMax nusxasini himoya qilish texnologiyasi Texasning josuslik dasturlari va savdo amaliyoti qonunlariga zid boʻlgan[9][11]. Sud ishi 1.5 million dollar evaziga Texas foydasiga hal boʻlgan[12].

Qurol-yarogʻ siyosati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bosh prokuror sifatida Abbott qurol nazorati qonunchiligiga qarshi chiqqan. 2013-yilda Nyu-York shtati tomonidan qabul qilingan qurolni tartibga solish qonunlari kuchaytirilishini tanqid qilgan, shuningdek, agar Kongress qurol nazorati boʻyicha yangi qonun loyihasini qabul qilsa, sudga berishini aytgan[13].

Bir jinsli nikohga qarshilik harakati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bosh prokuror sifatida Abbott shtatning bir jinsli nikohni taqiqlash toʻgrisidagi qonunini qoʻllab quvvatlagan va uni konstitutsiyaviy eʼtirozdan himoya qilgan[14]. 2014-yilgi sudda Texasga bir jinsli nikohni taqiqlashga ruxsat berilishi kerakligi boʻyicha baxslashgan va bunga sabab qilib LGBT shaxslari nasl qoldira olmasligini aytgan[15].

  1. „Biography of Greg Abbott“. Texapedia. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Sweany, Brian D.. „The Overcomer“. Texas Monthly (2013-yil oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 31-oktyabr.
  3. „Person Details for Gregory Wayne Abbott, "Texas, Birth Index, 1903–1997"“. FamilySearch.org. Qaraldi: 2014-yil 8-noyabr.
  4. vote-smart.org.
  5. Wilson, Reid. „The likely next governor of Texas is full of Lone Star swagger. Don't be surprised if he runs for president.“. The Washington Post (2014-yil 30-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 31-oktyabr.
  6. „Texas Governor Greg Abbott“. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
  7. Goudeau, Ashley. „State Sen. Kirk Watson headed to University of Houston“. KVUE (2020-yil 30-aprel). Qaraldi: 2020-yil 23-iyun.
  8. „Race Summary Report - 2002 General Election“. Texas Secretary of State (2002-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 28-avgust.
  9. 9,0 9,1 „Texas Sues Sony BMG Alleging Violation of Texas Spyware Statute“. Tech Law Journal (2005-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 31-oktyabr.
  10. Texas Attorney General's Office. „Attorney General Abbott Brings First Enforcement Action In Nation Against Sony BMG For Spyware Violations“. State of Texas (2014-yil 21-noyabr). 2017-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-oktyabr.
  11. „AG throws more allegations at Sony BMG“. The Business Journals (2005-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2013-yil 14-oktyabr.
  12. Robert McMillan, Sony pays $1.5M to settle Texas, CA rootkit suits, IDG News Service (December 19, 2005).
  13. Jim Forsyth, Y’all come to Texas, state official tells New York gun owners, Reuters (January 17, 2013).
  14. „Texas attorney general: 'ban on same-sex marriage promotes childbirth'“. The Guardian. Associated Press (2014-yil 29-iyul). Qaraldi: 2019-yil 8-iyun.
  15. „A Closer Look at Greg Abbott's Anti-Gay Marriage Arguments“ (en-US). The Texas Observer (2014-yil 30-iyul). Qaraldi: 2019-yil 8-iyun.