Grosvenor Thomas
George Grosvenor Thomas | |
Tavalludi | 1856-yil Sidney, Avstraliya |
Vafoti | 1923-yil London, Buyuk Britaniya |
Sohasi | rassomchilik (peyzaj) |
Oqim | postimpressionizm |
George Grosvenor Thomas (talaffuzi: Jorj Grosvenor Tomas; 1856, Sidney, Avstraliya – 1923, London, Buyuk Britaniya) – avstraliyalik va britaniyalik postimpressionist rassom, Shotlandiyadagi Glasgow Boys rassomchilik guruhi aʼzosi[1].
Hayoti va ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Grosvenor Thomas 1856-yilda Sidneyda tugʻilgan[2][3]. Yoshligida rassom Angliyaga koʻchib oʻtadi. Rassom 1885—1886-yillarda Glazgoga tashrifidan soʻng, fransuz realistlarining Barbizon maktabi va postimpressionistlar tamoyillariga sodiq qolgan rassomlar guruhi Glasgow Boys aʼzolari bilan uchrashadi va shundan keyin rassomchilikkka qiziqib, rasm chizishni boshlaydi. Thomas akvarel va moyli boʻyoqlarda asosan peyzaj va natyurmortlarni chizgan[2]. Koro Kamil va Charles-François Daubignyning sanʼat asarlari rassomning ijodiga sezilarli darjada taʼsir koʻrsatgan.
Grosvenor Thomas qirollik sanʼat akademiyasida, Shotlandiya Qirollik akademiyasida va Shotlandiya qirollik akvarel rassomlari jamiyatida bir necha bor oʻz ishlariini namoyish etgan. Rassomning suratlari Myunxen va Drezdendagi koʻrgazmalarda oltin medallar bilan taqdirlangan.
1892-yildan Grosvenor Thomas Shotlandiya qirollik akvarel rassomlari jamiyatining aʼzosi. Londonda yashaganiga hamda koʻp marotaba sayohat qilganiga qaramay, Thomas badiiy doiralarda doimo Glasgow Boysning aʼzosi hisoblangan[2].
Grosvenor Thomas 1923-yilda Londonda vafot etgan[1].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Seascape
-
The watermill
-
The Watermill 1903
-
Moonlit French Village 1903
-
he Mill at Moret-sur-Loing near Paris 1905
-
The Mill Pond
-
Silver Birches 1911
-
Cottages