Kontent qismiga oʻtish

Grunt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Grunt (nem. Grand - asos, tuproq) — asosan nurash zonasida joylashgan togʻ jinsi (tuproq bilan birgalikda) qatlami. Grunt qoyali (granit va b.), metamorfik (gneys) va baʼzi choʻkindi jinsli (ohaktoshlar, qumtoshlar), yarim qoyali (mergel) va yumshoq boʻlishi mumkin. Yumshoq gruntlar Yer yuzasida keng tarqalgan. Zarralar oʻlchamiga qarab gilli (0,005 mm), changli (0,05—0,005 mm) va qumli (2—0,05 mm) boʻladi. Qurilish amaliyotida bino va inshootlarning tagzamini boʻlgan yoki tuproqli inshootlarni (damba, koʻtarma, toʻgʻon) tiklashda qurilish materiallari sifatida ishlatiladigan turli togʻ jinslari ham grunt deb ataladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil