Kontent qismiga oʻtish

Gruppa krovi

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Gruppa krovi“
„Kino“ qoʻshigʻi
„Gruppa krovi“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 1988
Yozib olingan 1987
Janr
Davomiyligi 04:46
Leybl Gold Castle Records
Matn muallif(lar)i Viktor Soy
„Gruppa krovi“ xronologiyasi
Gruppa krovi „Zakroy za mnoy dver, ya uxoju“
Klipi
„Gruppa krovi“ YouTubeda

Gruppa krovi“ (ruscha: Группа крови, yaʼni „Qon guruhi“) — „Kino“ rok musiqa guruhining ayni nom bilan 1988-yil eʼlon qilingan studiyaviy albomiga kiritilgan qoʻshiq. Guruh repertuaridagi eng taniqli ashulalarning biri. „Gruppa krovi“ albomiga kiritilgan birinchi trek. Qoʻshiq premyerasi 1987-yilning 3-iyunida Leningrad rok-klubining beshinchi festivalida boʻlib oʻtdi.

„Russkiy reportyor“ jurnali 1917-2017-yillardagi eng muhim ruscha qoʻshiqlarni aniqlash uchun oʻtkazgan soʻrovnomada „Gruppa krovi“ ikkinchi oʻrinni egalladi[1]. Rus dramaturgi va jurnalisti Aleksandr Jitinskiy „Gruppa krovi“ albomiga yozgan taqrizida „Gruppa krovi“ qoʻshigʻini eng sara qoʻshiqlardan biri deb nomladi[2].

Qoʻshiq rejissor Rashid Nugmanovning „Igla“ filmi saundtrekiga kiritilganidan keyin yanada ommalashdi. 2008-yil „Grand Theft Auto IV“ oʻyini saundtrekiga kiritilganidan keyin esa xorijiy tinglovchilar orasida ham tanildi. Bugunga qadar „Yu-Piter“, „Inspektor“ rus guruhlari, „YB[en]“ koreys guruhi hamda „Shiri“ meksikan guruhlari tomonidan „Gruppa krovi“ ashulasining oʻndan oshiq kaver versiyasi yozilgan. 2019-yilning 21-iyulida „Metallica“ guruhi ashulani Moskvada bergan konserti davomida rus tilida ijro etdi.

Ashulaning „Blood Type“ deb nomlanuvchi inglizcha versiyasi ham mavjud. Mazkur versiya Fransiyada yozib olingan boʻlib, 2002-yil „Posledniye zapisi“ terma albomida eʼlon qilindi. Shuningdek, guruh azolari Yuriy Kasparyan va Georgiy Guryanov ashulaning disko-versiyasini hozirlagan, ammo Viktor Soy bu versiya eʼlon qilinishiga yoʻl qoʻymagan.

Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 27-may, 2022-yil(2022-05-27) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.