Kontent qismiga oʻtish

Guandun

Koordinatalari: 23°24′0″N 113°30′0″E / 23.40000°N 113.50000°E / 23.40000; 113.50000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Guandun provinsiyasidan yoʻnaltirildi)
Guandun



Provinsiya
Maʼmuriy markazi Guanchjou
Gubernator Van Veychjun
Partqo'm kotibi Xuan Kunmin
Rasmiy tili xitoycha
Aholi (2020) 126 012 510[1] (1-oʻrin)
Zichligi 701,49 kishi./km² (7- oʻrin)
Maydoni 179 800 km²
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi


 Shikenkun, 1902 m
Vaqt mintaqasi +8:00
Qisqacha xit. soddalashtrilgan , pinyin: Yuè[2]
Kod ISO 3166-2 CN-GD
Xaritada
Guandun xaritada
23°24′0″N 113°30′0″E / 23.40000°N 113.50000°E / 23.40000; 113.50000

Guandun (xit. an’anaviy 廣東, soddalashtrilgan 广东, pinyin: Gwong²dung¹, pall.: Gwong²dung¹, so‘zma-so‘z: «Kuondun»)— Xitoy janubidagi provinsiya, Janubiy Xitoy dengizi sohilida. Mayd. 197,1 ming km2. Aholisi 71,4 mln. kishi (1998), aksariyati xitoy (xan)lar. Maʼmuriy markazi — Guanchjou (Kanton).

Jugʻrofiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guandun hududi balandligi 1800—1900 m boʻlgan togʻ, qir hamda daryo vodiylaridagi pasttekisliklardan iborat.

Iqlimi subtropik, janubida tropik. Pasttekisliklarda yanvarning oʻrtacha temperaturasi 8—16 °C, iyulniki 26—28 C°. Yillik yogʻin miqdori 1200 — 2000 mm. Daryolari (Sitszyan, uning irmogʻi Beyszyan va boshqalar) sersuv. Guandun hududining qariyb yarmi doim yashil oʻrmon (qaragʻay, kunningamiya, lavr va choy daraxtlari, evkalipt, xin va boshqalar).

Iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi yetakchi oʻrinda, Guandun Xitoyning tropik ekinlar eqiladigan muhim rayoni. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekini — sholi, shuningdek, batat, shakarqamish, moyli ekinlar (yer yongʻoq, soya, kunjut, kameliya, tung), mevali oʻsimliklar (sitruslar, banan, ananas, mango), jut, rami, sizal va boshqalar yetishtiriladi. Ipakchilik rivojlangan. Chorvachiliqda koʻproq qoramol, choʻchqa va parranda boqiladi. Baliqchilik va baliq ovlash bilan ham shugʻullaniladi. Tuz olinadi.

Sanoatining yetakchi tarmogʻi — oziq-ovqat va toʻqimachilik. Foydali qazilmalardan bitumli slaneslar, volfram, marganes, surma rudalari va b. bor. Mahalliy koʻmir va temir rudasi asosida qora metallurgiya sanoati barpo etilgan. Har xil mashinasozlik korxonalari Guanchjou, Chjanszyan, Shantouda joylashgan. Kimyo va sellyuloza-qogʻoz sanoati rivojlangan.

Sitszyan daryosi va uning irmoqlarida kema qatnaydi. Dengiz portlari: Guanchjou, Chjanszyan, Shantou, Xaykou.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil