Kontent qismiga oʻtish

Guayakil

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Guayakil — Ekvadordagi shahar, Guayas provinsiyasining maʼmuriy markazi. Kema qatnaydigan Guayas daryosi boʻyidagi port. Aholisi 1,9 mln. kishidan ziyod (1990-yillar oxirlari). T. i. stansiyasi. Mamlakatning eng yirik shahri, sanoat va savdo markazi. Mamlakat eksportining kariyb yarmi (kakao, kofe, guruch, sitrus mevalar, oʻrmon xoʻjaligi mahsulotlari) va importining aksariyat qismi G. orqali oʻtadi. Sanoati qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va yogʻochni (oziq-ovqat, taxta titish, koʻn poyabzal, toʻqimachilik va b. korxonalar) qayta ishlashga ixtisoslashgan. Metall quyish, mexanika zavodlari hamda universitet, xalqaro ahamiyatga ega aeroport bor.

G.ni 1531 yilda ispan konkistadorlari bunyod etgan. 1820 yilda Ispaniyaga qaramliqsan ozod boʻlib, mustaqil deb eʼlon qilindi. 1822 — 30 yillarda Buyuk Kolumbiya tarkibida boʻlgan. 16 — 18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil