Kontent qismiga oʻtish

Gubkin Ivan Mixaylovich

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Gubkin Ivan Mixaylovich [1871.9.(21).9, Pozdnyakovo qishlogʻi, hozirgi Nijniy Novgorod viloyati — 1939.24.4, Moskva] — rus geologi, Rossiya neft geologiyasining asoschisi, akad. (1929). G.ning ilmiy ishlari neft geologiyasiga, Kavkazda neft konlarining ochilishiga, Volga va Ural daryolari oraligʻida "Ikkinchi Boku" deb atalmish neft bazasini yaratishga bagʻishlangan. U balchiq vulkanlarining paydo boʻlishi va tarqalishi, ularning neft konlari bilan bogʻliqligi haqidagi taʼlimotni yaratdi. G. neft geologiyasiga oid bir qancha asar va darsliklarning muallifi. RF Belgorod viloyatidagi shaqarlardan biri G. nomiga qoʻyilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil