Gubskaya Vera Nikolayevna
Gubskaya Vera Nikolayevna [1906.26.8 (8.9), Kerch - 1953.19.10, Toshkent] -balet artisti, baletmeyster, pedagog . Oʻzbekiston xalq artisti (1944). Toshkent rus opera va balet teatrida balet artisti (1930 - 35). 1939 - 42-yillar Navoiy teatrida baletmeyster va pedagog . 1943 — 48-yillar Muqimiy, Toshsovet nomidagi va Yangiyoʻl teatrlarida bosh baletmeyster. Tamaraxonim nomidagi Respublika balet maktabida oʻqituvchilik qilgan (1935 — 41). G. inson feʼl-atvori, his-tuygʻusi va fikrlarini mumtoz raqs harakatlari orqali ishonarli tasvirlay olgan. Eng yaxshi partiyalari: Raymonda ("Raymonda"), Kitri ("Don Kixot"), Zarema ("Boqchasaroy favvorasi"), Odetta — Odiliya ("Oqqush koʻli") va b. Oʻzbek va mumtoz raqs shakllarini uygʻunlashtiradigan "Bahor", "Quvonch", "Paxta" va b. xoreografik miniatyuralarni, shuningdek, "Gulandom" (Us t a Olim Komilov, Tamaraxonim, I. Arbatov bilan hamkorliqda), "Uyqudagi goʻzal", "Baxt sohili" baletlarini, 20 dan ortiq musiqiy-dramatik spektakllar raqsini sahnaga qoʻygan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |