Kontent qismiga oʻtish

Gudbrandsdalen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gudbrandsdalen (norvegcha: gudbrandsdalsost) — bryunusta turi. Norvegiyaning Gudbrandsdalen vodiysida tayyorlanadigan jigarrang tusdagi norveg pishlogʻi. Sigir zardobi (myse), smetana (fløte), sigir suti (melk) va 10 % echki suti (geitmelk)dan tayyorlanadi[1].

Pishloq och jigarrang tusli boʻlib, tayyorlash usuliga koʻra, karamel taʼmli. Sut tarkibidagi shakarlar karamellashguncha pishiriladi va pishloq oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻladi.

Pishloq boʻlaklarga kesilib, bugʻdoy noni bilan qoʻshib isteʼmol qilinadi. Ayniqsa, qizil mevali marmeladlar bilan ajoyib tarzda uygʻunlashadi.

Yiliga 12 million kg bryunust ishlab chiqariladi. Uning yarmini gudbrandsdalen pishlogʻi tashkil etadi. Tine va Synnøve Finden kompaniyalari ushbu pishloqni ishlab chiqarish huquqiga ega. Xususan, TINE shirkati ski Queen brendi ostida pishloq ishlab chiqaradi.

Ushbu turdagi pishloq haqida ilk yozma manbalar 1860-yillarga toʻgʻri keladi. 1933-yilda vodiyda yashovchi Anna Xov (u 87 yoshda boʻlgan) yoshligida oʻylab topgan bryunust pishlogʻi uchun qirollik medalini olgan. Ushbu turdagi pishloq Norvegiyaning oʻzigagina xos boʻlgan mahsulotlardan biridir.

  1. Synnøve Finden ASA: Synnøve Gudbrandsdalsost (norw.)