Kontent qismiga oʻtish

Guggenheim muzeyi (Bilbao)

Koordinatalari: 43°16′7.788″N 2°56′2.756″W / 43.26883000°N 2.93409889°W / 43.26883000; -2.93409889
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bilbaodagi Guggenheim muzeyi
Guggenheim Museum Bilbao
Guggenheim_Bilbao_aerial_view.jpg
Asos solingan sana 1997-yil 18-oktabr
Joylashuvi Bilbao, Ispaniya
Keluvchilar soni 1 289 147 (2022)[1]
Direktor Juan Ignacio Vidarte
Sayt Guggenheim Bilbao

43°16′7.788″N 2°56′2.756″W / 43.26883000°N 2.93409889°W / 43.26883000; -2.93409889


Bilbaodagi Guggenheim muzeyi – Kanada-Amerikalik arxitektor Frank Gehry tomonidan loyihalangan zamonaviy san'at muzeyi boʻlib, Ispaniya davlatining Bilbao shahrida joylashgan. Muzey 1997-yil 18-oktabrida Ispaniya qiroli Juan Carlos I tomonidan ochilgan va ochilish marosimi 250 ta zamonaviy sanʼat asarlari koʻrgazmasi bilan oʻtkazilgan. Bilbao shahridan Kantabriya dengizigacha choʻzilgan Nervion daryosi boʻyida qurilgan bu muzey „Solomon R. Guggenheim Foundation“ jamgʻarmasiga tegishli boʻlgan bir nechta muzeylardan biri boʻlib, ispan va xalqaro rassomlarning eksponatlarini oʻz ichiga oladi. Guggenheim Ispaniyadagi eng yirik muzeylardan biri hisoblanadi.

Asos solinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1991-yilda Bask hukumati Solomon R. Guggenheim jamgʻarmasiga bir vaqtlar shaharning asosiy daromad manbai boʻlgan Bilbaoning eskirgan port hududida quriladigan Guggenheim muzeyini moliyalashtirish taklifi bilan murojat qildi va 100 million dollarlik qurilish xarajatlarini qoplash, 50 million AQSh dollari miqdoridagi sotuv jamgʻarmasini yaratish, muzeyga bir martalik 20 million AQSh dollari miqdorida toʻlovni amalga oshirish va muzeyning yillik 12 million dollarlik byudjetini subsidiyalashni oʻz ichiga olgan kelishuvga erishildi[2][3][4]. Buning evaziga jamgʻarma muassasani boshqarish, oʻzining doimiy kolleksiyasi qismlarini Bilbao muzeyida namoyish qilish va vaqtinchalik koʻrgazmalar tashkil etish huquqini qoʻlga kiritdi[5].

Muzey Ferrovial tomonidan 89 million AQSh dollari miqdoridagi mablagʻ evaziga qurilgan[6][7]. 1997-yil 18-oktyabrda muzey Ispaniya qiroli Juan Carlos I tomonidan ochildi[4]. Ochilish marosimidan besh kun oldin, 13-oktyabr sanasida esa ETA separatist guruhining ikki jangarisi marosimga hujum qilish maqsadida portlovchi qurilmalarni oʻrnatishga urinishlarini toʻxtatmoqchi boʻlgan 1 nafar politsiyachini otib oʻldirgan edi[8].

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Solomon R. Guggenheim jamgʻarmasi arxitektor sifatida Frank Gehryni tanlaydi va uning direktori Tomas Krens arxitektordan innovatsion va noodatiy dizayn loyihalashini soʻraydi[9]. Binoning tashqi qismidagi egri chiziqlar tasodifiy koʻrinishi uchun moʻljallangan edi, meʼmorning aytishicha, „egri chiziqlarning tasodifiyligi yorugʻlikni ushlab turish uchun moʻljallangan“[10].

Muzey 1997-yilda omma uchun ochilganda, u darhol dekonstruktivizm uslubidagi dunyodagi eng ajoyib binolardan biri, 20-asrning durdona asari sifatida eʼtirof etildi[11][12]. Arxitektor Philip Johnson uni „zamonamizning eng buyuk binosi“[13] deb taʼriflagan boʻlsa, tanqidchi Kalvin Tomkins "The New Yorker" gazetasida uni „titan plashidagi toʻlqinsimon shakldagi hayoliy orzu kemasi“ sifatida tavsiflagan[12].

  1. „El Guggenheim recibió 1,2 visitantes en 2022 y aportó al PIB 413,9 millones de euros“ (2023-yil 2-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 2-yanvar.
  2. „Frank Gehry“ (en). Salon (1999-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 22-iyul.
  3. „About Us“ (en-US). The Guggenheim Museums and Foundation. Qaraldi: 2023-yil 22-iyul.
  4. 4,0 4,1 „CNN – Security tight before Guggenheim Museum opens in Basque city – Oct. 18, 1997“. www.cnn.com. Qaraldi: 2023-yil 22-iyul.
  5. Riding, Alan. „A Gleaming New Guggenheim for Grimy Bilbao“ (en-US). The New York Times (1997-yil 24-iyun). Qaraldi: 2023-yil 22-iyul.
  6. „Ferrovial history“. 2010-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 1-dekabr.
  7. Ouroussoff. „The Architect's New Museum in Bilbao, Spain, Emerges as a Testament to One Man's Optimism Amid a Landscape of Industrial Decay“ (en-US). Los Angeles Times (1997-yil 2-iyun). Qaraldi: 2023-yil 22-iyul.
  8. Igea, Octavio. „Homenaje al ertzaina asesinado por ETA en el Guggenheim: "Se han olvidado de Txema"“ (es). El Diario Vasco (2017-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 31-may.
  9. Gehry, Frank.
  10. Aggerwal. „Frank Owen Gerty“. Qaraldi: 2011-yil 18-avgust.
  11. Lee, Denny. „Bilbao, 10 Years Later“. The New York Times (2007-yil 23-sentyabr).
  12. 12,0 12,1 Tomkins, Calvin (1997-06-29). „The Maverick“. The New Yorker (ingliz (Amerika)). ISSN 0028-792X. Qaraldi: 2023-07-22.
  13. „Architecture in the Age of Gehry“. Vanity Fair (ingliz (Amerika)). 2010-06-30. Qaraldi: 2023-07-22.