Kontent qismiga oʻtish

Gugurttogʻ

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gugurttogʻ — Turkmanistonning jan.-sharqidagi shahar (1990-yildan), Koʻhitang togʻining gʻarbiy etagida, Amudaryodan shim.da, Mukri (Turkmaniston) temir yoʻl stansiyasi yaqinida. 1930-yillarda oltingugurt koni ishga tushirilishi bilan vujudga kelgan. Aholisi 23,3 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Sof oltingugurt qazib olinadi. Oltingugurt va kaliy oʻgʻiti i.ch. zavodlari bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil