Guhar koʻli
Qiyofa
Guhar koʻli Eronning Luriston ustonida joylashgan. Ashtaronkuh tog‘ining janubiy etagida ikkita chuchuk suvli Guhar-bolo koʻli va Guhar-poyin koʻli mavjud. Ushbu ikki koʻl tog‘ cho‘qqisidagi qorlarning erishi va tog‘ ko‘chishi natijasida hosil bo‘lgan to‘g‘on sababli paydo bo‘lgan. Guhar-bolo, yaʼni yuqoridagi ko‘lda yig‘ilgan suv tog‘ darasi orqali pastdagi Guhar-poyin ko‘liga oqib tushadi. Ikki ko‘lning ummumiy uzunligi 1.5 km va eni 600 m.ni tashkil etadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Mostafaviy, Hamid. Tasvirlarda Eron bo'ylab sayohat, 2013, SOKHANVARAN PUB. — 240-bet. ISBN 978-600-9675-31-3.