Kontent qismiga oʻtish

Gujranvala

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Gujranvala — Pokistondagi shahar. Panjob viloyatining shimoli-sharqida. Aholisi 1,2 mln. kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, metallsozlik, mashinasozlik (elektrotexnika) korxonalari, ip va jun gazlama fabrikasi, paxta tozalash va mexanika zavodlari bor. Hunarmandchilikda ip va ipak gazlamalar toʻqiladi, charm, fil suyagi va metalldan turli buyumlar, chinni va sirlangan sopol idishlar tayyorlanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil